Ayollar masjidga borishi mumkinmi

Assalomu alaykum! Ayollar masjidga borib namoz o‘qishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin. Ayollarni masjiddan qaytarilganining eng asosiy sababi, erkak-ayolni o‘sha erdan boshqa joyda ko‘rishga imkoniyati yo‘q edi va bu fasodga sabab bo‘ladi degan xavf bor edi. Hozirgi kunda esa erkagu ayol fahsh ish qiladigan joylari ko‘payib ketdi. Qaytaga masjid ularni fahsh ishlaridan to‘sib, ta’lim oladigan joyga aylandi. Shuning uchun hozirgi kunda ularni qaytarmaslik kerak. Chunki bu holatga qaralib chiqariladigan hukmdir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar