Ulama soch

Assalomu alaykum! Hurmatli ustoz, xo‘jaynim rosa uzun sochni yaxshi ko‘radilar. Lekin mani sochim shuncha maska qilsam ham kestirmasdan o‘stirsam ham o‘smiydi. Faqat xojaynimla uchun ulama soch qo‘ydirishimni hukmi qanday bo‘larkin? Hijobliman. Uzr ko‘p savol so‘ravotganim uchun. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ulama sochlar ikki qismga bo‘linadi. Tabiy ya’ni ayollarning sochlaridan tayyorlangan ulama sochlar harom. Chunki inson a’zosi mukarram, undan boshqa inson foydalanishi ham harom. Uyma uy yurib to‘plangan sochlarni sotib oluvchi ayollarga soch sotish ham harom. Ikkinchisi sun’iy soch. Bu borada avvalgi zamonlarda ayollar sochlariga pilik kabi narsalarni ulab olishgan. Fuqaholar uni joiz deyishgan. Shundan kelib chiqib sun’iy bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:25 | Savol-javoblar | 186 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar