Qur’ondan boshqa dalil yo‘q deyish
Assalamu alaykum! 1) Qur’ondan boshqa xech nimani qabul qilmay “faqat Qur’onga suyanaman undan boshqa xech nima dalil emas, dalilligi botil” deb muttafaqun alayh bo‘lgan sahih hadislarni ham Qur’onga zid bo‘ladi qabul qilmayman deyish to‘g‘rimi? 2). Dajjol va ya’juj ma’juj chiqishi, Iso alayhissalom tushishliklarini inkor qilib qiyomatda chiqmaydi kafolat beraman xatto Qur’onda Iso alayhissalom tushishliklari kelmagan deyishi to‘g‘rimi? Shunday keskin gapirishlik oqibati qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Ular o‘sha gaplarining o‘zi bilan Qur’on oyatlariga kofir bo‘ladilar. Chunki Alloh taolo “Niso” surasidagi يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ أَطِيعُواْ اللّهَ وَأَطِيعُواْ الرَّسُولَ 59. Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Rasulga itoat qiling.
Shu sura 80-oyatida: مَّنْ يُطِعِ الرَّسُولَ فَقَدْ أَطَاعَ اللّهَ وَمَن تَوَلَّى فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا 80. Kim Rasulga itoat qilsa, batahqiq, Allohga itoat qilibdi. Kim yuz o‘girsa, seni ularga qo‘riqchi qilib yuborganimiz yo‘q.
“Hashr” surasi 7-oyatida: وَمَآ ءَاتَىٰكُمُ ٱلرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَىٰكُمْ عَنْهُ فَٱنتَهُوا۟ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ Rasul sizga nimani bersa, o‘shani olinglar va nimadan qaytarsa, o‘shandan qaytinglar. Allohdan qo‘rqinglar. Albatta, Alloh iqobi shiddatli(Zot)dir” degan. Ular ushbu oyatlarni inkor qilishadi va kofir hisoblanishadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unday toifa chqishiligi haqida oldindan xabar berganlar. Bu xabarning o‘zi ham tilovat qilinmaydigan oyatdir. عَنِ الْمِقْدَامِ بْنِ مَعْدِيكَرِبَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَلَا إِنِّي أُوتِيتُ الْكِتَابَ وَمِثْلَهُ مَعَهُ، أَلَا يُوشِكُ رَجُلٌ شَبْعَانُ عَلَى أَرِيكَتِهِ يَقُولُ: عَلَيْكُمْ بِهَذَا الْقُرْآنِ، فَمَا وَجَدْتُمْ فِيهِ مِنْ حَلَالٍ فَأَحِلُّوهُ، وَمَا وَجَدْتُمْ فِيهِ مِنْ حَرَامٍ فَحَرِّمُوهُ، أَلَا لَا يَحِلُّ لَكُمْ الْحِمَارُ الْأَهْلِيُّ، وَلَا كُلُّ ذِي نَابٍ مِنَ السَّبُعِ، وَلَا لُقَطَةُ مُعَاهِدٍ إِلَّا أَنْ يَسْتَغْنِيَ عَنْهَا صَاحِبُهَا، وَمَنْ نَزَلَ بِقَوْمٍ فَعَلَيْهِمْ أَنْ يَقْرُوهُ، فَإِنْ لَمْ يَقْرُوهُ فَلَهُ أَنْ يُعْقِبَهُمْ بِمِثْلِ قِرَاهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Al-Miqdom ibn Ma’diykarib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ogoh bo‘linglar! Albatta, menga Kitob va u bilan birga uning misli berilmishdir. Ogoh bo‘linglar! Hali so‘risida o‘tirgan qorni qappaygan odam «Sizlar ushbu Qur’onni lozim tutinglar! Unda nimani halol topsangiz, halol bilinglar! Unda nimani harom topsangiz, harom bilinglar!» ham deydi. Ogoh bo‘linglar! Sizlar uchun xonaki eshaklar, barcha oziq tishli yirtqich va muohidning yo‘qotib qo‘ygan narsasi halol bo‘lmas! Egasi undan behojat bo‘lsa, mustasno. Kim bir qavm huzuriga (mehmon bo‘lib) tushsa, uni ziyofat qilmoqlari lozim. Agar ziyofat qilmasalar, uning ziyofat mislicha narsani olishga haqqi bor», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir necha muhim masalalarni yoritib bermoqdalar.
Birinchi masala Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning:
«Ogoh bo‘linglar! Albatta, menga Kitob va u bilan birga uning misli berilmishdir» degan gaplarida o‘z aksini topgandir.
Ushbu jumladagi «Kitob»dan murod Qur’oni Karimdir, «uning misli»dan murod esa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir. Demak, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari Qur’oni Karimning misli–o‘xshashidir.
Shuning uchun musulmonlar sunnatga Qur’oni Karimga bo‘lgan munosabat mislida munosabat ko‘rsatishlari kerak.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga Qur’oni Karimni bergan Alloh taolo u zotga sunnatni ham bergandir. Berganda ham, Qur’oni Karimning misli qilib bergandir.
Sunnatga ham Qur’onga e’tiqod qilgandek e’tiqod qilish lozim.
Sunnatga ham Qur’oni Karimga amal qilgandek amal qilish kerak.
Qur’oni Karim Allohning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yuborgan vahiysi bo‘lsa, sunnat ham Allohning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yuborgan vahiysidir.
Farq Qur’oni Karimning ma’nosi ham, lafzi ham Alloh tomonidan, sunnatning esa ma’nosi Alloh tomonidan, lafzi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan bo‘lganligidadir.
Bu ma’nolar hech qachon Qur’oni Karimning martabasini pastlatmaydi. Barcha musulmonlar Qur’oni Karim birinchi masdar, sunnati mutohhara esa ikkinchi masdar ekanligini yaxshi biladilar. Lekin ba’zi kaltafahm odamlar ushbu ma’noni tushunib etmaydilar. Ana o‘sha holat hadisi sharifning davomida muolaja qilinmoqda. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
2). Mutavotir hadislarni inkor qilish kufr hisoblanadi. Shuning uchun Qur’oniylik da’vosini qilib hadisni inkor qiluvchilar kofir hisoblanadilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:29 | Savol-javoblar | 154 | Aqiyda