Vafot qilgan buvimning kiyimlari
Assalomu alaykum! Seni yaqinda buvim olamdan o‘tdilar, buvimni kiyib yurgan kiyimlari, ro‘moli va joynamozlarini oldim. Kiyimlarini kiyib joynamozlarida namoz o‘qisam savoblari buvim uchun xam boradimi? O‘lgan kishini qizlari ota-onalarini haqqiga duo qilsa 1% borarkan o‘g‘li ota-onasini duo qilsa 10% borarkan shu to‘g‘rmi? Ota-onasi o‘lsa oq ro‘mol o‘rashadi shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Vafot topgan insonning kiyimlari qoldirgan me’rosi hisoblanadi. Unda hamma merosxo‘rlarning haqqlari bor. Shuning uchun siz indamasdan olib ketishingiz va undan foydalanishingiz birovning ya’ni boshqa merosxo‘rlarning mulkidan foydalanish hisoblanadi. Bu esa halol emas. Agar vafot topganning balog‘atga etmagan o‘z pushtidan bo‘lgan bolalari bo‘lsa azobi yanada qattiqroq bo‘ladi. Chunki ularni bergan roziligi ham o‘tmaydi. 10 foiz 100 foiz, oq ro‘mol, ko‘k ro‘mol degan gaplar noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:29 | Savol-javoblar | 159 | Duolar