Ma’nolarini bilmay yod olish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ko‘pincha Qur’onni yod olayotgan do‘stlarimga “bu suralarning manosini bilasanmi” desam yo‘q deyishadi. Qur’onni ma’nosini bilmasdan yod olsak, bizga u nimasi bilan ibrat bo‘ladi unda?
2). Masjidga namoz o‘qish uchun borganimda, masjidning o‘zgacha haroratini xis etaman. Bu nimaning hisobiga bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Qur’oni karimning ma’nosini bilmay tilovat qilish ham ibodat. Tanbeh berishni shaytoncha uslubini tark qilib, “tilovati bilan birga ma’nosini ham o‘rganish qanday ham go‘zal” deyishga o‘tish kerak. 2). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: سَبْعَةٌ يُظِلُّهُمُ اللهُ فِي ظِلِّهِ يَوْمَ لَا ظِلَّ إِلَّا ظِلُّهُ: الْإِمَامُ الْعَادِلُ، وَشَابٌّ نَشَأَ فِي عِبَادَةِ رَبِّهِ، وَرَجُلٌ قَلْبُهُ مُعَلَّقٌ فِي الْمَسَاجِدِ، وَرَجُلَانِ تَحَابَّا فِي اللهِ اجْتَمَعَا عَلَيْهِ وَتَفَرَّقَا عَلَيْهِ، وَرَجُلٌ طَلَبَتْهُ امْرَأَةٌ ذَاتُ مَنْصِبٍ وَجَمَالٍ فَقَالَ إِنِّي أَخَافُ اللهَ، وَرَجُلٌ تَصَدَّقَ بِصَدَقَةٍ فَأَخْفَى حَتَّى لَا تَعْلَمَ شِمَالُهُ مَا تُنْفِقُ يَمِينُهُ، وَرَجُلٌ ذَكَرَ اللهَ خَالِيًا فَفَاضَتْ عَيْنَاهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh etti kishini O‘z soyasidan boshqa soya yo‘q kunda soyasiga olur: odil imom, Robbining ibodatida o‘sgan yosh, qalbi masjidlarga bog‘liq kishi, Alloh yo‘lida bir-birini yaxshi ko‘rib, Alloh uchun jam bo‘lib, Alloh uchun ajrashadigan ikki kishi, mansab va husni-jamol egasi bo‘lgan ayol o‘ziga chaqirganida «Men Allohdan qo‘rqaman», degan odam, sadaqani maxfiy qilib, hatto o‘ng qo‘li qilgan nafaqani chap qo‘li bilmay qolgan odam va Allohni yolg‘iz holida zikr qilganida ko‘zidan yosh oqqan odam», dedilar». Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. «Qalbi masjidlarga bog‘liq kishi». Bunda insonlarning qalbi masjidlarga bog‘liq bo‘lishi qanchalar fazilatli ish ekani bayon qilinmoqda. Ya’ni ko‘ngilning masjidlarga bog‘liq bo‘lishi aslida unda masjidlarga bo‘lgan muhabbatning kuchliligidandir. Bunday odam hech qachon masjiddan qolmaydi, hayotini, ibodatini masjidlarsiz tasavvur qila olmaydi. Bir marta masjidga borib, namozini o‘qib chiqqanidan keyin yanagi namozga intizor bo‘lib turadi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 18:33 | Savol-javoblar | 162 | Qur’oni karim