Avvalgi nikohdan taloq olish

Assalomu alaykum! Men xam turmushga 2-marotaba chiqqanman. Birga yashamasa taloq tushadi degan fikr bor edi, nimagadur bu fikr uyimizdagi kattalarni xam xayoliga kelmagan edimi 1-turmushimdan taloq olmasdan u uylangandan keyin men xam 3-4 oydan so‘ng turmushga chiqdim. Avval nikoxdan o‘tdik, 1-farzandimiz tug‘ilganidan keyin 1- turmush o‘rtog‘im bilan qonuniy nikox kesilib 2-turmush o‘rtog‘imga qonuniy nikohdan o‘tdim. Savol javoblarda 1-eridan taloq olib xozirgi eriga qayta nikohlanmaguncha zino qilib yashagan bilan barobar bo‘ladi deb o‘ylayapman. Hozirgi turmushimda juda baxtliman, turmush o‘rtog‘im mard, halol, obro‘li, farzardlariga va menga mexribon. Bizni nikohimiz nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri tushunibsiz. Avvalgi er talog‘ini bermagunicha boshqaga nikoh bog‘lanmaydi va qilgan ishlar zino bo‘ladi. Birorta ahli ilm huzuriga borib ishlaringizni hal qilib olinglar. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar