Koreyaliklarga turmushga chiqayotgan muslimalar

Assalomu akaykum! Bir tanishim koreys odamiga turmushga chiqqan. U odam oila qurishdan oldin islomdi qabul qilgan, lekin afsuski islom nimaliginiyam bilmaydi. Musulmon bo‘lmagan insonga turmushga chiqqan muslima qizlardi gunohi bormi va bu nikoh halol xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Muslimalar boshqa dindagi erkaklar bilan turmush qurishlari mutlaqo mumkin emas. Agar u erkaklar masiyhiy va yahudiy dinida bo‘lsalar ham mumkin emas. Bu ulkan gunoh bo‘ladi. Agar o‘sha erkak musulmon bo‘lsagina u bilan turmush qurish mumkin, xolos. Faqat uylanish uchungina keltirgan islomining hech qanday e’tibori yo‘q. Namoz, ro‘za va zakot kabi farzlarni ado qilganidan keyin musulmonligiga to‘liq ishonch hosil bo‘lgach nikohlanish mumkin.  MUSLIMA AYoLGA G‘AYRIDIN BILAN TURMUSh QURISh UMUMAN MUMKIN EMAS Muslima ayol faqat musulmon erkak bilangina turmush qurishi mumkin. G‘ayri din erkakka erga tegish muslima ayolga qattiq man’ qilingan. Bu borada erkak ahli kitob bo‘lsa ham bo‘lmaydi. Musulmon erkak masihiya yoki yahudiya ayolga uylansa bo‘ladi. Ammo, muslima ayol masihiy yoki yahudiy erkakka turmushga chiqishi mumkin emas. Nima uchun? degan savol paydo bo‘lishi turgan gap. Javob quyidagicha:Islom o‘zidan odingi dinlarni tan oladi. Jumladan, masihiy va yahudiy dinlarini ham tan oladi. Masihiy va yahudiy dinlari esa, Islom dinini tan olmaydilar. Shu asosda masihiya yoki yahudiya ayolga uylangan musulmon erkak o‘z xotininng dinini tan oladi va hurmat qiladi. Shuningdek, uning ilohiy kitobi–Injil yoki Tavrot–ni ham tan oladi va hurmat qiladi. Payg‘ambari Iyso alayhissalom yoki Muso alayhissalomni ham tan oladi va hurmat qiladi.Masihiy yoki yahudiy erkak esa, Islom dinini tan ham olmaydi, hurmat ham qilmaydi. Qur’oni Karimni tan ham olmaydi, hurmat ham qilmaydi, balki haqorat qiladi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ham tan olmaydi, hurmat qilmaydi. Balki, aldamchi, firibgar va xotinboz, deb haqorat qiladi. Bunday holda muslima ayol u bilan qandoq qilib turmush qila oladi?Qolaversa, Islom masihiyya va yahudiya ayolga musulmon erkak bilan yashash davomida uning barcha huquqlarini himoya qiluvchi, dini, erki, moli va boshqa narsalarning daxlsizligini taminlovchi ochiq-oydin qonun-qoidalarni joriy qilib qo‘ygan.Masihiy va yahudiy dinlarida esa, bu narsalar haqida umuman bir og‘iz ham so‘z yo‘q. Bunday holda muslima ayolni qandoq qilib masihiy yoki yahudiy erkak qo‘liga topshirib bo‘ladi?Ushbu masalaga qo‘shimcha ravishda aytilishi kerak bo‘lgan gaplar ham bor:«Agar nasroniya eridan bir soat oldin Islomga kelsa ham unga harom bo‘lib qoladi». Buxoriy rivoyat qilgan. Sharh: Muslima ayol kofir er bilan yashashi mumkin emas. Ammo, avval aytilganidek, idda ichida er ham ham musulmon bo‘lsa avvalgidek, yashab ketaveradilar.Mushrika ayollarni iymon keltirmagunlaricha nikohingizga olmang. Shubhasiz, mo‘mina cho‘ri mushrikadan, gar u sizni ajablantirsa ham, yaxshidir. Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha, ularga nikohlab bermang. Shubhasiz, mo‘min qul mushrikdan, gar sizni ajablantirsa ham, yaxshidir. Anavilar do‘zax o‘tiga chaqirarlar. Alloh esa, O‘z izni ila jannatga va mag‘firatga chaqirar hamda odamlarga O‘z oyatlarini bayon qiladir. Shoyadki esga olsalar.Nikoh insoniy aloqalar ichida eng muqaddas va ahamiyatlisidir. Bu aloqa odam bolasining ko‘plab xohish istaklariga javob beradi. Nikohdagi ikki shaxs bir-biriga eng yaqin shaxslar hisoblanadi. Bu holga erishish avvalo qalblarning birlashmog‘ini, qalblarning birlashmog‘i esa, aqida birligini taqozo etadi. Chunki har bir insonning hayotiy yo‘lini belgilaydigan o‘lchov diniy nuqtai nazari bo‘ladi. Shu boisdan Islomda aqidasi buzuq ayollarga uylanish, mushrik erkaklarga turmushga chiqish man qilinadi.«Mushrika ayollarni iymon keltirmagunlaricha nikohingizga olmang».Musulmon erkak Islom aqidasidan o‘zga aqidadagi mushrika ayolga uylanishi mumkin emas. Lekin u ayol o‘z dinini tark etib, Islom diniga kirib, mo‘mina bo‘lsa, shundan keyin uylansa bo‘ladi. Bu hukmdan yahudiy va masihiy dinidagi ayollar mustasno. Ular o‘z dinlarida tursalar ham, musulmon erkak ularga uylansa bo‘ladi. Boshqa oyatlar munosabati ila bu masalani yana o‘rganarmiz, inshaalloh. Mushrika ayollarga uylanishni man qilgandan keyin Alloh taolo ayollarning qaysisi o‘zining huzurida yaxshi ekanligini bayon qilmoqda:«Shubhasiz, mo‘mina cho‘ri mushrikadan, gar u sizni ajablantirsa ham, yaxshidir».Allohning huzurida ayol kishining yaxshi-yomonligini o‘lchashdagi bosh mezon uning iymonidir. Agar ayol kishi cho‘ri bo‘lsa ham, mo‘mina bo‘lsa, bas, boshqa har qanday ayoldan yaxshidir. To‘g‘ri, mushrika ayol o‘zining ozodligi, husni jamoli, shakli-shamoili, molu-dunyosi, nasli-nasabi va yana qandaydir jihatlari bilan erkaklarni ajablantirishi, ularga yoqishi mumkin. Lekin mushrikaligi, iymonining yo‘qligi, Allohga shirk keltirishi hamma narsadan yomon. Unday mushrika ayoldan cho‘ri bo‘lsa ham, xunuk bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham, nasli-nasabi go‘yo past bo‘lsa ham, mo‘mina ayol yaxshidir. Qalbdagi iymoni uni yuqori darajalarga olib chiqadi.Shuningdek, mo‘mina ayollarning mushrik erkaklarga turmushga chiqishlari, ularga nikohlanishlari qat’iyan man qilinadi.«Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha nikohlab bermang».Ya’ni, mo‘minalarni ularning nikohiga bermang. Muslima-mo‘mina ayollar musulmon dinidagi erkakdan boshqa erkakka turmushga chiqishlari mutlaqo mumkin emas. Agar u erkak Islomga kirib mo‘min bo‘lsagina, ruxsat bo‘ladi.Hatto erkak yahudiy yoki masihiy dinida bo‘lsa ham muslima a±lning unga nikohlanishi harom. Faqat musulmon erkak bo‘lishi shart. Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom: «Biz ahli kitobning ayollariga uylanamiz, ular bizning ayollarimizga uylanmaydilar», deganlar.Xuddi ayollarga o‘xshab, erkaklar fazlining o‘lchovi ham iymondir: «Shubhasiz, mo‘min qul mushrikdan, gar u sizni ajablantirsa ham, yaxshidir». Ya’ni, erkak kishi qul bo‘lsa ham, mo‘min bo‘lsa, bas, boshqa erkaklardan yaxshidir...Erkak bo‘lsin, ayol bo‘lsin, iymonsizligi, mushrikligi juda yomon, ular bilan kim aloqada bo‘lsa, xususan, nikoh kabi muqaddas va nozik aloqada bo‘lsa, kasofati uradi. Urganda ham, eng hassos nuqtada–aqida bobida uradi va inson o‘z turmush o‘rtog‘iga ergashib, dindan chiqib ketish xavfi bor. Shuning uchun oyatda: «Anavilar do‘zax o‘tiga chaqirarlar», deyiladi. Anavilar (mushriklar) o‘zi bilan birga bo‘lganlarni mushriklikka, bu degani, do‘zax o‘tiga chaqiradilar.«Alloh esa, O‘z izni ila jannatga va mag‘firatga chaqirar va odamlarga O‘z oyatlarini bayon qiladir. Shoyadki esga olsalar». Shuning uchun Alloh taoloning bayon qilib bergan oyatlariga amal qilib yashash kerak.Gap faqat bolalar haqida emas. U qizni bu ishdan qaytarish kerak. Agar yigit musumonlikni oldin qabul qilsagina, so‘ng oila qurish haqida o‘ylasa bo‘ladi. Vallohu a’lam!https://savollar.islom.uz/s/420 

26 May 2022, 04:42 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar