Asrab olingan farzand
Assalomu alaykum! Ota onam 5 yil farzand ko‘rmagani sabab 1981 yil qiz farzand asrab olishgan so‘ng 2 opam va men dunyoga kelganmiz. Katta opam turmushga chiqandan so‘ng qaerdandir kuyov tomon asrab olinganligini opamga aytdi, ungachan opam, opalarim men bu haqida bilmaganmiz. Shu gap opamni oilaviy hayotida salbiy tomonga o‘zgardi, aslida eshitishimcha asrab olingan farzandga voyaga etgandan so‘ng asrab olinganligini aytish kerak ekan. Mana yilar o‘tib yana shu mavzu opamni asrab olishda yordam bergan qarindoshimiz opamni xaqiqiy ota onasi kimligini topganini ta’kidladi. U ayol tuqqandan so‘ng farzandimni bir ko‘ray deganda unga nogiron farzand ko‘rsatishgan ekan. Qarindoshimni aytishicha u ayol eri qamoqda bo‘lganda, begonadan homilador bo‘lib qolgan ekan. So‘ng yana farzandi bo‘lgan ekan aytishlaricha qo‘li egrimish, men bu gaplarga unchalik ishonmadim nima qilishgan bo‘lsa ham o‘zlari javob berishadi. Muhimi opamga aytish kerakmi yoki yo‘q? Otam olamdan o‘tganlar Onam bolamni qalbi vayron bo‘lmasin divotila onasiyam yaxshi ayol emasakan aytolmayman divotilar opamni o‘ylab yaxshi ayol bo‘lganda aytsam bo‘lardi didila man etishiz kerak qanaqa bo‘masin haqiqiy onasini ko‘rishga bilishga haqqi bor menimcha. Katta opam qarindoshimizga haqiqiy onamni ko‘ziga qaragan bo‘lardim deb aytkan ekanlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Aytib qo‘yganinglar va o‘zining ota-onasini ko‘rgani yaxshi. Chunki ona har qanday holatda ham onalik maqomidan tushib qolmaydi. Aslini olib qaralganda aytishingz bo‘yicha u onani sizni onangizga berib yuborishi u uchun yaxshi bo‘lgan ekan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:30 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush