Sherikchilik, qarz, zakot, qurbonlik
Assalomu alaykum! 1). Ustoz men ancha yil oldin akamni ishiga sherikchilikka 1000$ pul tikkan edim. Foydaga xam teng sherik bo‘lishga kelishdik. Lekin zarar xaqida gaplashmagan edik. Vaqt o‘tib akam ishdan foyda olmaganimizni aytdilar. Lekin shunga qaramasdan bergan 1000$ pulimni qaytarib berdilar. So‘rab surishtirganimda bildimki akam mexnati va o‘zi tikkan puliga, men esa bergan pulimga zarar qilishim kerak ekan. Shu olgan 1000$ pulim menga qarz bo‘lib qolmadimi? Olgan pulimni qaytarib berishim kerakmi? 2) Akamdan qaytarib olgan 1000$ pulim va bundan tashqari yig‘ilgan mablag‘imni qo‘shganimda 2022-yil xisobi bilan nisobga etib qolgan edi. Men nisobdan zakot puli chiqarib zakot berdim. Lekin qurbonlik xali qilganimcha yo‘q. Shu vaziyatda agar 1000$ olgan pulimni qaytarib berishim kerak bo‘lsa. Men akamga 1000$ qarz bo‘lib qolayabman va mablag‘im nisobdan kamayib ketayabdi. Bergan zakotim zakot xisobiga o‘tadimi? Men qurbonlik qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ikki tarafning sarmoyadagi ulushi necha foiz bo‘lsa, zarar ham o‘sha foizga ko‘ra taqsimlanadi. Misol uchun, siz tikkan pul umumiy sarmoyaning 25 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, zararning 25 foizi sizga yuklanadi. Zararni taqsimlab, qayta hisoblashinglar.2). Yuqoridagidek hisob-kitob qilganingizga ko‘ra sizda o‘sha vaqtda zakot nisobiga etarli pulingiz yo‘q bo‘lgan bo‘lsa zakot vojib emas. Qurbonlik kunlarida ham hojatingizdan oshiqcha nisob miqdoriga teng mulkingiz bo‘lmasa qurbonlik ham vojib emas. Vallohu a’lam!
12 Iyul 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 174 | Zakot