Aroqxo‘r ota
Assalomu alaykum! Ustozlar, otamning yoshi bir joyga borib qolgan, Xudo borligiga ishonadi, lekin aroqni judayam yoqtiradilar. O‘zlari aroq sotadigan magazinda ishlab bizlarni katta qildi. Allohga shukur men xozir namoz o‘qiyman. Lekin otam yonida aroq sotishga majbur bo‘lmoqdaman(men kassirlik qilaman). Men shu ishni to‘xtataylik deb ko‘p aytganman. Otam mening namoz o‘qishimni xam yomon ko‘rib qolmoqda. Munosabatlarimiz xam ancha tarang axvolga kelib qolgan. Sizlarning bu boradagi maslaxatingiz qanday? Iltimos javobingizni telegram kanalingizda xam ulashing.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Gunohni tark eting. Haloldan topishga harakat qiling. Oxiratning azobi o‘ta og‘irdir. Alloh taolo “Toha” surasida marhamat qiladi: وَكَذَلِكَ نَجْزِي مَنْ أَسْرَفَ وَلَمْ يُؤْمِن بِآيَاتِ رَبِّهِ وَلَعَذَابُ الْآخِرَةِ أَشَدُّ وَأَبْقَى127. Haddidan oshgan va Robbining oyatlariga iymon keltirmaganlarni ana shunday jazolaymiz. Oxirat azobi, albatta, ashaddiy va boqiydir.Robbining zikridan yuz o‘girgan shaxs eng katta isrofchidir. U o‘ziga berilgan eng ulkan imkoniyatni, baxt-saodat manbai bo‘lmish hidoyatni zoe ketkazib – isrof qilib, zalolatni ixtiyor etgan odamdir. Ikki dunyo baxt-saodatining manbai bo‘lgan iymon va Islom hidoyatini zoe qilgan gumroh kimsadek isrofchi olamda yo‘q. O‘rganayotganimiz oyati karimada isrofga yo‘l qo‘ygan va Robbining oyatlariga iymon keltirmagan ana shunday kishilar oxiratda yuqorida zikr qilingani kabi jazolanishlari ta’kidlanmoqda. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom