Yoshlarga bilim olish uchun investorlik qilish
Assalomu alaykum! iT bo‘yicha qiziqqan, lekin o‘qishga imkoni bo‘lmagan yoshlarga sarmoya kiritib, kasbni o‘zlashtirgandan keyin faqat sarmoya kiritgan odam bilan ishlashini kelishilsa bo‘ladimi? Ya’ni o‘zaro shartnoma asosida kelishsa joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kasbni egallash uchun ketadigan mablag‘ni keyinchalik ishlab uzib berish asosida kelishsa bo‘ladi. Lekin o‘zlashtirgandan keyin faqat sarmoya kiritgan odam bilan ishlash sharti asosida shartnoma tuzish joiz emas. Chunki bu majburlash bo‘ladi. Kasbni egallagan kishi qarzini uzgandan keyin kim bilan ishlashi o‘zining ixtiyorida bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 03:06 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar