Boshqa mazhab imomiga ergashganda

Assalomu alaykum! Imomga ergashgan kishi uning mazhabiga ko‘ra namoz o‘qiydi, lekin bunda hamma harakat va namoz sifatlari to‘liq mos kelishi shartmi? masalan: Agar imomning mazhabida muqtadiylar ham ichida qiroat qilish kerak bo‘lsa, unga ergashgan hanafiy ham ichida qiroat qiladimi? 2). Takbirlardagi raf’ul yadayn ya’ni qo‘lni ko‘tarish ham imom o‘qiganidek to‘liq qaytariladimi? 3). Boshqa yurtlarga borganda mana shunday masalalar tufayli ixtilof chiqmasligi uchun ularning mazhabidagidek namoz o‘qish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Qiroat qilmaydi. hanafiy o‘z mazhabi bo‘yicha o‘qiyveradi.2). Ko‘tarmaydi. 3). Biroz ilmi bor inson boshqa mazhab egasiga hech qanday e’tiroz bildirmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar