Ko‘zni yumshatuvchi tomchilar

Assalomu alaykum! Ko‘zimiz yaqinda operatsiya bo‘lgandi, doktor ko‘z yumshatish tomchilarini (uvlajnayushie kapli dlya glaz) yozib bergandi. 1 oy davomida kuniga 5-6 martta tomizish kerak. Savolimiz shuki, ro‘zador inson ko‘ziga shu tomchilaridan tomizsa ro‘zasi buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bizning mazhabda ro‘za ochilmaydi. Lekin boshqa mazhab sohiblari “ro‘za ochiladi”, deyishadi. وَلَوْ أَقْطَرَ شَيْئًا مِنْ الدَّوَاءِ فِي عَيْنِهِ لَا يُفْطِرُ صَوْمَهُ عِنْدَنَاAgar davo maqsadida ko‘ziga narsa tomizsa, bizning nazdimizda ro‘za ochilmaydi. (Fatavoi Hindiya). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 149 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar