Hidoyat va Zalolat
Assalomu alaykum! Men siz azizlarning savol javoblaringiz orqali Hidoyat va Zalolatga ketishda insonda tanlash ihtiyori bor deb e‘tiqod qilardim. Bunga sabab siz keltirgan Abrorul Haq rohimahulloh va u kishining shogirdlari va taksist voqeasi edi. Lekin bugun ahlussunna.uz saytida Botirjon qori degan birodarimizning "Hizbut Tahrirga raddiyalar" nomli maqolalarida "Rum" surasining 29chi va "Qosos" surasining 56chi oyatlarini keltirib Hizbut-tahrir aqidasiga raddiya berganlar. Men shu oyatlar ma‘nosini o‘qib turib siz azizlar avvalda bizga taqdim etgan Abrorul Haq rohimahulloh va shogirdlari voqeasini tushunmasdan hizbchilar aqidasida bo‘lib qolmayapmanmikin deb cho‘chib ketdim. Muhtaram ustoz menga ushbu manhajdagi to‘g‘ri e‘tiqod qanday bo‘lishini o‘rgating iltimos!!! Oyatlarning zohiriga ko‘ra Hidoyat ham zalolat ham Alloh Azza va Jallaning hohishi bilan bo‘lsa unda huddi shu mavzuda siz javob bergan savol muallifining xavfli fikri (ya‘ni "Qani Unda mehribonlik va adolat sifati" mazmunidagi fikri) meni bezovta qilmoqda. Ustoz Men qanday e‘tiqod qilaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Abrorul Haq rahmatullohi alayh zamonamizning eng etuk olimlaridan, tazkiya fanining mohirlaridan bo‘lgan. Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayhning eng oxirgi shogirdlaridan hisoblanadi. U kishi keltirgan e’tiqodda bo‘ling. Oyatni tushunish borasida ham etuk inson bo‘lganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 149 | Aqiyda