Namozda oyoqlarning holati

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, mening bilishimcha sajda vaqtida ikki oyoq erdan uzilsa, namoz buziladi, bittasi uzilsa namozni savobi kamayadi. Yana shuni bilamanki namozda o‘tirishda chap oyok dumg‘azam ostida, o‘ng oyoq barmoklar uchi qiblaga qaragan bo‘ladi. Sajda vaqtida ikkala oyoqlarning barmoqlari ham qiblaga qayrilib qaragan bo‘ladi. Ayni mana shu o‘tirgan holatdan sajdaga ketganda chap oyoq xolatini o‘zgartirganimda erdan uziladi (tizzam emas). Naxotki shu xato bo‘lsa? Yoki erdan uzilish degan boshka holat nazarda tutilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sajdaga ketayotganda oyoqlarning erdan uzilib tushishi bilan namoz buzilmaydi. Aksincha peshona tegishi bilan ikki oyoq erdan uzilib, peshona sajdadan ko‘tarilganda ikki oyoq erga qaytadigan bo‘lsa, namoz buziladi. Odatda odamlarda bunday bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar