It tekgan kiyim

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men dunyodagi eng yaxshi kasblardan biri cho‘ponlik bilan shug‘ullanaman. Shunda men bilan bir qancha itlar xam yuradi, ular Qur’on o‘qisam ham namoz o‘qisam xam ketmaydi. Menga o‘rganib qolgan, men uray deymanu o‘zimga gunoh ko‘paytirgim yo‘q, ular ba’zida kiyimimga tumshug‘ini tegizadi. Men peshin bilan asrni dalada o‘qiyman. Shular tekkan kiyimda namoz o‘qisam bo‘larmikan? Katta rahmat, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! So‘lagi tegsa o‘sha joyini yuvib olishingiz shart. So‘lagi tegmay yungi tegsa zarari yo‘q. Siz cho‘ponlik qilib payg‘ambarlarning sunnatini qilar ekansiz. Ko‘p cho‘ponlarning xiyonatlariga guvoh bo‘lganmiz, egasi ko‘rmaydi deb bir qancha qo‘zilarni o‘zlashtirishadi. Alloh sizni ular kabi ish qilib qo‘yishdan saqlasin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:36 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar