Ehsondan savob tegadimi

Assalomu alaykum! Hozirda ko‘chalarda «Mehrli qo‘llar»ded muzlatkichlar ko‘paydi. Albatta bu yaxshi. Ko‘pchilik ehson qilishni istaganlarga yaxshi imkoniyat. Muxtoj insonlar shu narsalarni olib ro‘zg‘orlarini kamiga ishlatishadi. O‘ylaymanki bu ham savob amallardan biri. Agar mana shu muzlatkichdagi qo‘yilgan narsalarni ko‘chada ichkilikka ruju qo‘ygan yoki g‘ayridinlar olsa ham ehson qilgan musulmonga savobi tegadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tegadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar