Juma namozi bizni qishlog‘imizga farzmi?
Assalomu alaykum! Qishlog‘imizda rasmiy birorta ham masjid yo‘q. Hech bir qo‘shni qishloqlarga ulanib ham ketmagan. Aytmoqchimanki orada bir ikki km masofa har tarafdan ajratib turadi. Qo‘shni qishloqda juma namozi ado etiladigan masjid bor. Shu holatda bizni qishloq aholisiga juma namozi farzmi yoki yo‘q. Sababi fiqh kitoblarida bayon etilgan misr shartlari bajarilmayapti. Shu haqida shariatimizni hukmi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qishloq ahlingiz diniy idoradan qishlog‘ingizda jumani joriy qilishini so‘rashlaringiz shart. Chunki mamlakatimizdagi eng kichik qishloqlarda ham jome’ masjidi qurilsa erkaklari chiqsa to‘ladigan darajada musulmonlar mavjud. Jumani qoldirmanglar. عَنْ أَبِي الْجَعْدِ الضَّمْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ تَرَكَ ثَلَاثَ جُمَعٍ تَهَاوُنًا بِهَا طَبَعَ اللهُ عَلَى قَلْبِهِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ وَالْحاَكِمُ Abu Ja’d az-Zomriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim pisand qilmay, uch Jum’ani tark etsa, Alloh uning qalbiga muhr bosgay», dedilar».
«Sunan» egalari va Hokim rivoyat qilganlar.
Sharh: Avvalo ushbu hadisning roviysi bilan tanishib olaylik.
Bu sahoba Abu Ja’d az-Zomriy kunyasi bilan mashhur bo‘lganlar. U kishining asl ismlari Amr ibilan Bakr edi. Bu zot Makkani fath etish va Tabuk g‘azotlarida ishtirok etdilar.
Jamal voqeasida esa Oisha roziyallohu anho onamiz bilan qatnashib, mana shu urushda vafot etdilar.
Hadislarni Salmon Forsiydan rivoyat qildilar. Bu kishidan Ubayda ibilan Sufyon al-Hazramiy va boshqalar rivoyat qilganlar.
Ushbu hadisi sharifda Jum’a namoziga e’tiborsizlik bilan qarab bo‘lmasligi haqida so‘z bormoqda.
E’tiborsizlik ila uch Jum’a namozini uzrsiz tark qilgan odamning qalbiga Alloh muhr bosib, yaxshilik kirmaydigan qilib qo‘yishi o‘sha odamning o‘zi uchun, oilasi uchun, jamiyati uchun katta baxtsizlikdir. Chunki Alloh muhrlab qo‘ygan qalbdan hech qachon yaxshilik chiqmaydi. Bundan ortiq baxtsizlik bo‘lishi mumkin emas.
Demak, Jum’a namozi o‘qiydigan namozxonlari ko‘p bo‘lgan jamiyatda yaxshilik ham ko‘p bo‘ladi. Aksincha, jamiyatning bu namozni o‘qimaydiganlari qancha ko‘paysa, o‘sha jamiyatning yomonlari ham, musibatlari va mushkulotlari ham shunchalik ko‘payib boraveradi. Ichimizda Jum’aga chiqmaydiganlarimiz bor bo‘lganidan keyin jamiyatimizning yaxshilikka erisha olmayotganidan ajablanmasak ham bo‘laveradi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:38 | Savol-javoblar | 138 | Namoz