Zakotni bolalar uyiga berish

Assalomu alaykum! Ramazon oyida bolalar uyiga oziq-ovqat maxsulotlarini oborib berish zakot o‘rniga o‘tadimi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘tmaydi. Zakotni qo‘lga mulk qilib berish kerak. Qolaversa bolalar uyidagi hamma bolalar ham etim-miskin bo‘lishmaydi. Ularning ba’zilarini ota-onalari boy bo‘lib tashlab ketishgan bo‘ladi. Boyning farzandlariga zakot berilsa ado bo‘lmaydi. Ularga hadyalar berish kerak.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:40 | Savol-javoblar | 140 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar