Xulu’da erning roziligi

Assalomu alaykum! Agar ayol eridan xulu’ talab qilsa, erning roziligi kerakmi? Agar erkak kishi rozi bo‘lmasachi? Bunday vaziyatda bolalar kim bilan qoladi? Mabodo onasi bilan qoladigan bo‘lsa erkak bolalarini yoki bittasini talab qilishi mumkinmi? Erkak ham inson bolalarini yaxshi ko‘radi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Erning roziligisiz xulu’ to‘g‘ri bo‘lmaydi. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi. Bolani qaramog‘iga olish الْحَضَانَةُ لِلْأُمِّ بِلَا جَبْرِهَا طُلِّقَتْ أَوْ لَا، ثُمَّ أُمِّهَا وَإِنْ عَلَتْ، ثُمَّ أُمِّ أَبِيهِ، ثُمَّ أُخِتِهِ لِأَبٍ وَأُمٍّ، ثُمَّ لِأُمٍّ، ثُمَّ لِأَبٍ ثُمَّ خَالَتِهِ كَذَلِكَ، ثُمَّ عَمَّتِهُ كَذَلِكَ، بِشَرْطِ حُرِّيَّتِهِنَّ، فَلَا حَقَّ لِأَمَةٍ وَلَا أُمِّ وَلَدٍ وَالذِّمِّيَّةُ كَالْمُسْلِمَةِ حَتَّى يَعْقِلَ دِينًا وَبِنِكَاحِ غَيْرِ مَحْرَمٍ سَقَطَ حَقُّهَا، وَبِمَحْرَمٍ لَا، كَأُمٍّ نَكَحَتْ عَمَّهُ، وَجَدَّةٍ جَدَّهُوَيَعُودُ الْحَقُّ بِزَوَالِ نِكَاحٍ سَقَطَ بِهِ، ثُمَّ لِلْعَصَبَاتِ عَلَى تَرْبِيَتِهِمْ، لَكِنْ لَا تُدْفَعُ صَبِيَّةٌ إِلَى عَصَبَةٍ غَيْرِ مَحْرَمٍ، كَمَوْلَى الْعَتَاقَةِ، وَابْنِ الْعَمِّ وَلَا فَاسِقٍ مَاجِنٍ وَلَا يُخَيَّرُ طِفْلٌوَالْأُمُّ وَالْجَدَّةُ أَحَقُّ بِهِ حَتَّى يَأْكُلَ وَيَشْرَبَ، وَيَلْبَسَ، وَيَسْتَنْجِيَ وَحْدَهُ، وَبِالْبِنْتِ حَتَّى تَحِيضَ وَعَنْ مُحَمَّدٍ حَتَّى تُشْتَهَى، وَهُوَ الْمُعْتَبَرُ لِفَسَادِ الزَّمَانِ، وَغَيْرِهِمَا حَتَّى تُشْتَهَىوَلَا تُسَافِرُ مُطَلَّقَةٌ بِوَلَدِهَا إِلَّا إِلَى وَطَنِهَا الِّذِي نَكَحَهَا فِيهِ وَهَذَا لِلْأُمِّ فَقَطْ  Onaga majburlamasdan beriladi. Taloq qilinganmi yoki boshqacha bo‘lganmi, baribir. So‘ng onaning onasi, agar yuqorilasa ham. Keyin otasining onasi, ota va ona bir opasi, ona bir opasi, ota bir opasi. So‘ngra shu tartibda xolasi va ammasi. Ular hur bo‘lishlari sharti ila. Cho‘ri va ummu valadning haqqi yo‘q. Zimmiya xuddi muslima kabi. Bu to bola din jihatidan aqlini tanigunicha bo‘ladi. Bolaga mahram bo‘lmaganga nikohlanishi ila ayolning haqqi soqit bo‘ladi. Bolaning onasi amakisiga yoki buvisi bobosiga nikohlangani kabi mahramga bo‘lsa, soqit bo‘lmaydi.Qaramoqqa olish haqqi uni soqit qilgan nikohning zoil bo‘lishi bilan qaytadi. Keyin asabalar o‘z tartiblariga qarab haqli bo‘ladilar. Lekin qiz bola ozod qilish tufayli mavlo bo‘lgan va amakining o‘g‘li kabi mahram bo‘lmagan asabaga va sharmsiz fosiqqa berilmaydi. Yosh bolaga ixtiyor haqqi berilmaydi.To bola o‘zi eb-ichadigan va istinjo qiladigan bo‘lgunicha onasi va momosi unga haqlidir. Qiz bolaga to hayz ko‘rgunicha. Muhammad: «Shahvatni qo‘zg‘aydigan bo‘lgunicha», degan. Zamonning fasodi tufayli shu gap mo‘’tabardir. Ikkovlaridan boshqalar to shahvatni qo‘zg‘aydigan bo‘lgunicha.Taloq qilingan ayol bolasi bilan o‘zi nikohdan o‘tgan vatanidan boshqa erga safar qilmaydi. Bu faqat onaga xosdir.Qaramoqqa olish arab tilida «hizona» deyilib, bu so‘z aslida «quchog‘iga olish» ma’nosini anglatadi. Shariatda esa ota va ona ajrashganlaridan keyin bolani o‘z qaramog‘iga olish va tarbiya qilishga ishlatiladi.Onaga majburlamasdan beriladi. Taloq qilinganmi yoki boshqacha bo‘lganmi, baribir.Ya’ni ota-onaning nima sababdan va qanday holatda ajrashganlaridan qat’i nazar, onasi istab tursa, bola unga beriladi.عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّ امْرَأَةً قَالَتْ يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ ابْنِي هَذَا كَانَ بَطْنِي لَهُ وِعَاءً، وَثَدْيِي لَهُ سِقَاءً، وَحِجْرِي لَهُ حِوَاءً، وَإِنَّ أَبَاهُ طَلَّقَنِي، وَأَرَادَ أَنْ يَنْتَزِعَهُ مِنِّي، فَقَالَ لَهَا رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْتِ أَحَقُّ بِهِ، مَا لَمْ تَنْكِحِي رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ  Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Bir ayol:«Ey Allohning Rasuli, mana bu o‘g‘lim uchun qornim joy bo‘lgan edi, ko‘kragim suvidish bo‘lgan edi, quchog‘im himoyachi bo‘lgan edi. Endi esa otasi meni taloq qilib, uni mendan tortib olmoqchi», dedi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:«Modomiki nikohlanmasang, sen unga haqliroqsan», dedilar».Abu Dovud, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan. رَوَى ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ فِي مُصَنَّفهِ عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ أَنَّ عُمَرَ طَلَّقَ أُمَّ عَاصِمٍ، ثُمَّ أَتَى عَلَيْهَا فِي حِجْرِهَا عَاصِمٌ، وَأَرَادَ أَنْ يَأْخُذَهُ مِنْهَا، فَتَجَاذَبَاهُ بَيْنَهُمَا حَتَّى بَكَى الْغُلَامُ، فَانْطَلَقَا إِلَى أَبِي بَكْرٍ، فَقَالَ لَهُ أَبُو بَكْرٍ مَسْحُهَا وَحِجْرُهَا وَرِيحُهَا خَيْرٌ لَهُ مِنْكَ، حَتَّى يَشِبَّ الصَّبِيُّ، فَيَخْتَارَ لِنَفْسِهِ  Ibn Abu Shayba o‘zining «Musannaf» nomli kitobida Sa’id ibn Musayyabdan rivoyat qiladi:«Umar Ummu Osimni taloq qildi. Keyin uning oldiga bordi. Osim uning quchog‘ida turgan edi. Bolani undan tortib olmoqchi bo‘ldi. Ikkovlari uni tortishib ketishdi. Bola yig‘lab yubordi. Ikkovlari Abu Bakrning huzuriga borishdi. Bas, Abu Bakr unga: «Ayolning silashi, quchog‘i va hidi uning uchun sendan ko‘ra yaxshiroq. Bola ulg‘aysa, o‘zi tanlab oladi», dedi».Agar ayol bolani olishni istamasa, u majburlanmaydi. Illo, undan boshqa shaxs bo‘lmasa yoki bola undan o‘zgaga ko‘nmasa, majburlanadi.Bolani qaramog‘iga olishga haqdorlarning onadan keyingi tartibi keyingi jumlalarda zikr qilinadi:So‘ng onaning onasi, agar yuqorilasa ham. Keyin otasining onasi, ota va ona bir opasi, ona bir opasi, ota bir opasi. So‘ngra shu tartibda xolasi va ammasi. Ular hur bo‘lishlari sharti ila.Bu hukmga dalil ushbu hadisdir: عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ خَرَجَ زَيْدُ بْنُ حَارِثَةَ إِلَى مَكَّةَ، فَقَدِمَ بِابْنَةِ حَمْزَةَ، فَقَالَ جَعْفَرٌ أَنَا آخُذُهَا، أَنَا أَحَقُّ بِهَا، ابْنَةُ عَمِّي، وَعِنْدِي خَالَتُهَا، وَإِنَّمَا الْخَالَةُ أُمٌّ، فَقَالَ عَلِيٌّ أَنَا أَحَقُّ بِهَا، ابْنَةُ عَمِّي، وَعِنْدِي ابْنَةُ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَهِيَ أَحَقُّ بِهَا، فَقَالَ زَيْدٌ أَنَا أَحَقُّ بِهَا، أَنَا خَرَجْتُ إِلَيْهَا، وَسَافَرْتُ، وَقَدِمْتُ بِهَا، فَخَرَجَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَيْهِمْ، فَقَضَي بِهَا لِجَعْفَرٍ، وَقَالَ تَكُونُ مَعَ خَالَتِهَا، وَإِنَّمَا الْخَالَةُ أُمٌّ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالشَّيْخَانِ  Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Zayd ibn Horisa Makkaga borib, Hamzaning qizini olib keldi.Shunda Ja’far:«Uni men o‘z qaramog‘imga olaman. Unga men haqliman. Chunki u amakimning qizi. Uning xolasi mening qo‘limda. Xola ona bilan barobar», dedi.Ali esa:«Unga men haqliroqman. U amakimning qizi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlari mening qo‘limda. Bu qizga u haqliroq», dedi.Zayd esa:«Unga men haqliman. Uni olib kelgani men bordim, men safar qildim, men olib keldim», dedi.So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning oldiga chiqdilar, uni Ja’farga berishga hukm qildilar va:«U xolasi bilan bo‘ladi. Xola ona bilan barobardir», dedilar».Abu Dovud va ikki shayx rivoyat qilishgan.Shahidlarning sayyidi Hamza ibn Abdulmuttolib roziyallohu anhuning Immora ismli qizi Makkada qolib ketgan edi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiz Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhuning qaramog‘iga berilishi haqida hukm chiqardilar. Chunki Ja’far roziyallohu anhuning xotini qizning xolasi edi. Xola esa ona o‘rnidadir.Demak, kichkina bolalarni qaramoqqa olishda ayol kishilarga qaralar ekan.Cho‘ri va ummu valadning haqqi yo‘q. Zimmiya xuddi muslima kabi.Chunki onalik mehri shaxsga qarab bo‘ladi, dinga qarab emas.Endi esa bu xildagi qaramog‘iga olish qachongacha davom etishi bayon qilinadi.Bu to bola din jihatidan aqlini tanigunicha bo‘ladi.Uni musulmon qilib tarbiyalash kerak. Imom Shofe’iy, Ahmad va Molik: «Zimmiyaga qaramog‘iga olish haqqi berilmaydi», deganlar.Bolaga mahram bo‘lmaganga nikohlanishi ila ayolning haqqi soqit bo‘ladi.Chunki bu holatda bolaga zarar etishi muqarrar bo‘lib qoladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuqorida keltirilgan hadisda ayolga: «Modomiki nikohlanmasang, sen unga haqliroqsan», dedilar.Bolaning onasi amakisiga yoki buvisi bobosiga nikohlangani kabi mahramga bo‘lsa, soqit bo‘lmaydi.Agar bolani qaramog‘iga olgan ayol bolaga mahram bo‘lgan kishiga erga tegsa, o‘sha odam ham qarindoshlik yuzasidan bolaga mehr ko‘rsatishining e’tiboridan ayolning qaramoqqa olish haqqi soqit bo‘lmaydi. Misol uchun, bolani onasi qaramog‘iga olib turib, uning amakisiga nikohlanishi yoki ona tomondan momosi qaramog‘iga olib turib, ota tomondan bobosiga nikohlanishi kabi.Qaramoqqa olish haqqi uni soqit qilgan nikohning zoil bo‘lishi bilan qaytadi.Misol uchun, ona begona kishiga erga tegishi bilan bolani qaramog‘iga olish haqqidan mahrum bo‘ladi. Ammo ona o‘sha erdan ajrashsa, qaramoqqa olish haqqi yana unga qaytadi.Keyin asabalar o‘z tartiblariga qarab haqli bo‘ladilar.«Asaba» so‘zi «yaqin turgan», «yopishgan» degan ma’noni anglatadi. Kishi boshini mahkam bog‘lab olishiga ishlatgan bog‘ichga ham shu so‘z ishlatiladi.Shu ma’noda kishining yaqin erkak qarindoshlari ham «asaba» deyiladi. Chunki unga nisbatan biror xavf-xatar tug‘ilganda o‘sha qarindoshlar kelib, uni o‘rab turib himoya qiladilar. O‘zlarining hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, undan dushmanni daf qiladilar. Shuningdek, moliyaviy to‘lovlarga ojiz bo‘lib qolsa ham o‘shalar to‘laydilar. Shuning uchun ham ular merosga haqli bo‘lganlar.Asabaga ota, bobo, o‘g‘il, o‘g‘ilning o‘g‘li, tug‘ishgan aka-uka, ota bir aka-uka, tug‘ishgan aka-ukaning o‘g‘illari, tug‘ishgan amakilar, ularning o‘g‘illari va boshqalar kiradi. Qarindosh ayollar orasidan bolani qaramog‘iga oladigan shaxs topilmaganda ana o‘shalar o‘z qaramog‘iga olishga haqli bo‘ladilar. Ularning haqlari o‘z tartiblari asosida bo‘ladi.Lekin qiz bola ozod qilish tufayli mavlo bo‘lgan va amakining o‘g‘li kabi mahram bo‘lmagan asabaga va sharmsiz fosiqqa berilmaydi.Ular qiz bolani o‘z qaramog‘iga olsalar, fitna bo‘lishi mumkinligi uchun ularga bu huquq berilmaydi. XULOSA Yosh bolani qaramog‘iga olish uni zararli narsalardan muhofaza qilish, uni tozalab, edirib-ichirib, kiyintirib, rohati uchun kerakli narsalar ila ta’minlab, tarbiyalashdan iboratdir.Yosh go‘dakni o‘z qaramog‘iga olishga eng haqli shaxs boshqa erga tegmaslik sharti ila onasi ekanini va undan keyin kimlar bo‘lishini yuqorida o‘rgandik. Lekin kim bo‘lsa ham, bolani o‘z qaramog‘iga oluvchi shaxsda bir necha shartlar bo‘lishi qat’iyan talab qilinadi:1. Oqil bo‘lishi kerak.2. Balog‘atga etgan bo‘lishi kerak.3. Dindan chiqqan, murtad bo‘lmasligi kerak.4. Fosiq, ishonchsiz bo‘lmasligi kerak. Ba’zi fisqu fujur ishlarni qiladigan, o‘g‘ri, betayin, raqqosa kabilar yosh bolalarni o‘z qaramog‘iga olishga haqli emaslar.5. Bolani qarovsiz qoldirmasligi kerak. Agar qarovsiz qoldiradigan bo‘lsa, qaramog‘iga olish haqqidan mahrum qilinadi.6. Ota kambag‘al bo‘lib, ona ajrsiz tarbiya qilishdan bosh tortsa, ajrsiz tarbiya qilishni xohlagan yaqin qarindosh ayol bolani o‘z qaramog‘iga oladi.Yosh bolaga ixtiyor haqqi berilmaydi.Ya’ni kichik yoshdagi bolaga «Sen kim bilan bo‘lasan, o‘zing tanla», deyilmaydi.To bola o‘zi eb-ichadigan va istinjo qiladigan bo‘lgunicha onasi va momosi unga haqlidir. Qiz bolaga to hayz ko‘rgunicha. Muhammad: «Shahvatni qo‘zg‘aydigan bo‘lgunicha», degan. Zamonning fasodi tufayli shu gap mo‘’tabardir. Ikkovlaridan boshqalar to shahvatni qo‘zg‘aydigan bo‘lgunicha.Kichik bolani otasi va onasi talashib qolsa, onasiga beriladi. Bunga quyidagi hadis eng kuchli dalildir: رَوَى ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ فِي مُصَنَّفهِ  عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ أَنَّ عُمَرَ طَلَّقَ أُمَّ عَاصِمٍ، ثُمَّ أَتَى عَلَيْهَا فِي حِجْرِهَا عَاصِمٌ، وَأَرَادَ أَنْ يَأْخُذَهُ مِنْهَا، فَتَجَاذَبَاهُ بَيْنَهُمَا حَتَّى بَكَى الْغُلَامُ، فَانْطَلَقَا إِلَى أَبِي بَكْرٍ، فَقَالَ لَهُ أَبُو بَكْرٍ مَسْحُهَا وَحِجْرُهَا وَرِيحُهَا خَيْرٌ لَهُ مِنْكَ، حَتَّى يَشِبَّ الصَّبِيُّ فَيَخْتَارَ لِنَفْسِهِ  Ibn Abu Shayba o‘zining «Musannaf» nomli kitobida Sa’id ibn Musayyabdan rivoyat qiladi:«Umar Ummu Osimni taloq qildi. Keyin uning oldiga bordi. Osim uning quchog‘ida turgan edi. Bolani undan tortib olmoqchi bo‘ldi. Ikkovlari uni tortishib ketishdi. Bola yig‘lab yubordi. Ikkovlari Abu Bakrning huzuriga borishdi. Bas, Abu Bakr unga: «Ayolning silashi, quchog‘i va hidi uning uchun sendan ko‘ra yaxshiroq. Bola ulg‘aysa, o‘zi tanlab oladi», dedi».O‘zi eb-ichadigan va istinjo qiladigan bo‘lgan o‘g‘il bola otasiga beriladi. Chunki u erkaklarga xos narsalarni otasidan o‘rganishi lozim.Qiz bolalar esa hayz ko‘radigan bo‘lgunicha onalari bilan qoladilar. Chunki ular ayollarga xos narsalarni onalaridan o‘rganishlari lozim. Qizlar balog‘atga etganlaridan keyin ularni asrashga va turmushga chiqarishga otalar qodir bo‘lganlari uchun vaqti etganda ular otalarining qaramog‘iga o‘tadilar.Taloq qilingan ayol bolasi bilan o‘zi nikohdan o‘tgan vatanidan boshqa erga safar qilmaydi. Bu faqat onaga xosdir.Taloq qilingan ayol bolasi bilan faqat o‘zi nikohdan o‘tgan vataniga safar qilishi mumkin.Bolani qaramog‘iga olgan onadan boshqa shaxslar esa hech qaerga safar qilmaydilar. Chunki bu narsa bolaga zarar etkazadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:42 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar