Ruhiy tarbiyaga yordam
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh! Alloh taoloning fazl va marhamati ila o‘tmishimdagi gunohlardan tiyilib, to‘g‘ri yo‘lga o‘tmoqdaman, va shu zaylda yurtimizda xizmat qilib o‘tgan, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining asarlarini o‘qishlikka bel bog‘ladim. Kitoblarni o‘qish tartibini Hasanxon Yaxyo Abdulmajid domlamiz tuzishgan ekan, shu yo‘sinda o‘qib bormoqdaman va ilk Iymon kitobini o‘qib tugatdim. Ma’lumotlarga to‘la kitob va qiziqarli bo‘lganligi bois, bir necha marotaba o‘qib tugatdim va navbatdagi kitobga o‘tmoqchiman. Lekin qalbimda bir g‘ashtlik paydo bo‘ldi: man o‘rganayotgan ilm riyo uchun; maqtanish uchun; biror bir kishi bilan baxsda g‘olib chiqish uchun; chiroyli so‘zlar ila kishilarni o‘ziga jalb qilish uchun va hakazo o‘ylar. Ichimda ikki ovoz - biri shu o‘ylarni ma’qullasa, ikkinchisi rad etadi. Ma’qullayotgani g‘olib kelayotganga o‘xshayabti. Nima qilishga ham xayron to‘g‘risi, keyingi kitobga o‘tishlikka to‘sqinlik qilayapti shu o‘ylar, o‘qishlikni to‘xtatib qo‘ydi... Nima qilsam bo‘ladi? Ilmni Alloh roziligi uchun o‘rganish uchun, o‘ylarim mani tinch qo‘yishi uchun nima qilay? (Tashxisga qo‘shimcha yordam bersa kerak, deb o‘ylab, o‘tmishimni bejiz tilga olmadim.)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Niyatingizni xolis Alloh uchun qilishga jiddu-jahd qilayotgan bo‘lsangizda o‘zingizni ixlosli emas deb hisoblashingiz yaxshilik alomatidir. O‘zingizda ixlosni ko‘ra boshlashingiz esa riyoning alomatidir. Ammo ikki holatda ham amaldan to‘xtamang. Niyatingiz ustida tinimsiz ishlayvering.Ixlosning haqiqatiIxlosning haqiqati Alloh taolodan boshqa barcha narsadan xalos bo‘lmoq – qutulmoqdir.
Ixlos – amalni, gap-so‘zni va ibodatni ularga xiralik etkazadigan riyo, aldamchilik, yolg‘on kabi narsalardan tozalashdir. Amaldagi ixlos unga haq so‘rash u yoqda tursin, uni birov bilmaydigan tarzda qilishdir. Qo‘lidan kelganicha amalni ado qilib, ortidan xijolat bo‘lishdir.
Ulamolar toatdagi ixlos riyoni tark qilishdan iborat ekanini bir ovozdan ta’kidlaganlar.
Fuzayl ibn Iyoz rahmatullohi alayhi:
«Odamlar uchun amalni tark qilish riyodir. Ular uchun amal qilish shirkdir. Ixlos ushbu ikki narsani tark qilishdir», degan.
Qilinadigan amallar niyatga qarab bo‘ladi. Riyo uchun qilingan amalning egasi muxlis bo‘la olmaydi. Alloh taologa qurbat hosil qilish niyatida qilingan amalning egasi muxlis bo‘ladi.
Bandadan sodir bo‘ladigan ixlos to‘rt qismga taqsimlanadi:
1. Gap – so‘zdagi ixlos.
2. Ish – amaldagi ixlos.
3. Toat – ibodatdagi ixlos.
4. Hol – qalbdagi ixlos.
Ixlos tasavvur yoki xayol emas, balki amaldir. Shuning uchun u davomli, to‘liq, ilm asosida va darajama-daraja bo‘lishi kerak.
Ixlos bilan sodiqlik orasida farq bor. Sodiqlik asldir. Ixlos far’dir. Ixlos amalni boshlagandan keyin bo‘ladi. Sodiqlik niyatda, ish boshlanishidan oldin bo‘ladi.
Ixlosning ko‘rinishlaridan:
1. Tavhidda ixlos qilish.
2. Niyatda va qasdda ixlos qilish.
3. Namoz, sajda, ro‘za, Ramazon bedorligi, Laylatul qadr bedorligi, masjidlarga muhabbat, zakot, sadaqa, haj, umra, tavba, zikr, istig‘for, duo, Qur’oni Karim qiroati va boshqa qurbatlarda ixlos qilish.
4. Barcha gap-so‘zlarda ixlos qilish.
5. Sodiqlik, sabr, zuhd, tavoze kabi karamli axloqlarda ixlos qilish.
6. Alloh taologa tavakkul qilishda ixlos qilish.
7. Barcha ishlarda ixlos qilish.
Ixlosning darajalari:
Ruhiy tarbiya mashoyixlarining ta’kidlashlaricha, ixlosning darajalari uchtadir: avomlarning darajasi, xoslarning darajasi va xoslarning xoslarining darajasi.
1. Avomning ixlosi Haqning muomalasidan xalqni chiqarish bo‘lib, unda tan sog‘ligi, molu dunyo, rizq kengligi, jannat qasrlari va hurlar kabi dunyoviy va uxroviy nasibalarni talab qilish ham bo‘ladi.
2. Xoslarning ixlosi Haqning muomalasidan xalqni chiqarish bilan birga, dunyoviy nasibalarni qo‘yib, uxroviy nasibalarni so‘rashdir.
3. Xoslarning xoslarining ixlosi Haqning muomalasidan xalqni va barcha dunyoviy va uxroviy nasibalarni biryo‘la chiqarishdir. Ularning ibodati bandalikni yuzaga chiqarish va Robbning jamoliga musharraf bo‘lish uchun U Zotning vazifalarini muhabbat va shavq ila ado etishdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, ularning Allohga ibodati faqat Alloh uchun bo‘ladi.
Ixlosning yo‘lini to‘suvchi omillar:
Birinchi to‘siq.
Bandaning amalining ko‘zga ko‘rinishi. Uning o‘z amalidan g‘ururlanishi. Amali tufayli Uning uchun amal qilingan Zotdan to‘silishi.
Bu holatdan qutulish uchun o‘z nafsini tanish va uning xohishlarini jilovlash lozim.
Ikkinchi to‘siq.
Amali uchun evaz talab qilish. Mazkur evaz bu dunyoning yoki u dunyoning narsasi bo‘lishi mumkin.
Bu dunyoning narsalariga turli shahvatli narsalar, shuhrat, ko‘zga ko‘rinishga o‘xshashlar kiradi. Shuningdek, maqomot, karomat, mukoshafat kabilar ham bo‘lishi mumkin.
Oxiratning, ya’ni u dunyoning narsalariga undagi turli maqomlar va nozu ne’matlar kirishi mumkin.
Amali uchun evaz talab qilishdan qutulish o‘zining ojiz banda ekanini va faqatgina Allohning fazli ila oxirat yaxshiliklariga erishish mumkinligini anglab etish bilan bo‘ladi. Uning ibodati bandalik burchidir. Ajr, savob va martabalar Allohning fazlidandir.
Uchinchi to‘siq.
Bandaning o‘z amallaridan rozi bo‘lishi va ular ila g‘ururga ketishi.
Bu holatdan qutulish uchun banda o‘z amallaridagi nuqsonlari ila tanishmog‘i lozim.
Shuningdek, banda Alloh taoloning O‘z maxluqotlarining ichki va tashqi bandalik vazifalariga qanchalar haqli ekanini anglab etgandagina bu to‘siqni engib o‘ta oladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ixlos amalni turli illat va nuqsonlardan poklashdir. Mazkur illat va nuqsonlar ikki narsaga bog‘liq bo‘ladi.
Birinchisi – odamlarning maqtovi va ulug‘lashini istash yoki ularning yomonlashidan qochish kabi xalqqa bog‘liq narsalar.
Ikkinchisi – qilgani ila g‘ururga ketish yoki unga evaz talab qilish kabi amalga bog‘liq narsalar.
Ushbu to‘siqlarni engib o‘tib, Alloh taologa xolis ibodat qilganlar haqiqiy muxlislar bo‘ladilar.
Ixlosning foydalaridan:
1. Ixlos amal va gap-so‘zlarning qabul bo‘lishi uchun asosdir.
2. Ixlos duoning qabul bo‘lishi uchun asosdir.
3. Ixlos bu dunyo va oxiratda bandaning martabasini ko‘taradi.
4. Ixlos odamdan vasvasani uzoqlashtiradi.
5. Ixlos odamni Alloh taolodan boshqaga banda bo‘lishdan ozod qiladi.
6. Ixlos ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydi.
7. Ixlos odamning bu dunyodagi musibatlarini engillashtiradi.
8. Ixlos inson qalbida xotirjamlikni paydo qiladi.
9. Ixlos insonga saodatni his qildiradi.
10. Ixlos insonning iymonini quvvatlantiradi.
11. Ixlos insonga fosiqlik va osiylikni yomon ko‘rsatadi.
12. Ixlos insonning irodasini mustahkamlaydi.
13. Ixlos bu dunyo va oxiratdagi mukammal omonlikdir. Vallohu a’lam!Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Ruhiy tarbiya kitobidan)
18 Noyabr 2023, 16:36 | Savol-javoblar | 0 | Ruhiy tarbiya