Ilm uchun jonli mavjudotlarning suratini chizish
Assalomu alaykum ustozlar! Ilmingiz ziyoda bo‘lsin. Men ushbu savol-javobni o‘qidim: https://savollar.islom.uz/s/31402 Sizlarga tan sihatlik va ilmingizga baraka tilab quyidagi masalalar bo‘yicha ko‘rsatma olmoqchiman. 1. Ukamning arxitektura institutida o‘qish maqsadi bor. Imtihonlarga baholi qudrat tayyorgarlik ko‘ryapti. Masala shuki, institutga kirishda ijodiy imtihonlarda chizmachiliq handasalar bilan birga inson haykali bosh qismi (byust haykal) chizilishi talab etiladi. Haykal faqat qora qalam bilan (ranglar ishlatmasdan) chiziladi. Ko‘z qismi aniq chizilmaydi. Faqatgina imtihonga puxta hozirlik ko‘rish uchun shunday suratlarni chizishga shariatimiz ruxsat beradimi? Bunday musavvirlikni kasb qilib olmasliq buning ortidan foyda ko‘rmaslik sharti bilan. 2. islom.uz portalida bolalar uchun ibratli multfilmlar ko‘rganmiz. Ular uchun ham kompyuterda inson va boshqa mavjudotlar surati chizib tayyorlanadi. Buning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz odam suratini chizish joiz emasligini bilamiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 179 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz odam suratini chizish joiz emasligini bilamiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 179 | Ta’lim va muta’allim