Hiylaga kiradimi?

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda o‘ynalayotgan ichimliklar qopqog‘idagi yutuqlarni, do‘kon sotuvchisi maxsulotni sotib olmasdan turib chiroq yoqib yutuq bor ekligini oldindan bilib olishi xiyla(gunox) emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu makkorlikku. Shu o‘rinda yana takror eslatib o‘tamiz, mahsulotni ichish, eyiladigan bo‘lsa eyish maqsadida soti olsayu undan yutuq chiqsa olsa joiz. Odatda o‘zi ichmaydigan yoki ichishga yaroqli bo‘laturib arzimas pul ekan omadim kelsa yutug‘ini yutib olarman degan maqsadda sotib olsa joiz emas, chunki bu qimorga kiradi. Shu holda yutib olsa uni ham olish joiz emas. Qolaversa siz aytganingizdek yutuq qo‘yganlar ham anoyi emaslar. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar