Yashab turgan kvartirani meros qoldirish

Biz oilada 3 o‘g‘ilmiz. Otamning 2 chi oilasidanmiz. 1chi oilasidan qonuniy ajrashib onamga uylanganlar va keyin biz tug‘ilganmiz. Oldingi oilasidan 3 qiz va 1 o‘g‘li bor. Ular bilan Alhamdulillah yaxshi munosabatdamiz. Men kenja farzandman. Otam 1chi oilasi bilan yashab yurganlarida hozirgi yashab yurgan uyimizda yashashgan. Ammo ajrashishganlaridan keyin onamga uylanganlar. 1chi ayoli ham boshqa kishiga turmushga chiqqan. Barcha aka va opalarim uyli joyli bo‘lib ketishgan. O‘zimning katta akam 1 yil oldin kreditga uy olgan. Va hozir o‘sha uyda yashamoqda. O‘rtancha akamga esa qaynotasi uy bergan. Men esa ota-onam bilan otamning uyida birga yashayman. Ota-onam uyni to‘laligicha menga meros qilib qoldirishmoqchi. Otamning shu uydan boshqa mol-mulki yo‘q. Uyimiz 3 xonali dom. Mening xam boshqa uyim yo‘q. Shu holatda otamdan uyni qonuniy ravishda meros qilib olishim shariat bo‘yicha halolmi? Agar uy taqsimlanishi kerak bo‘lsa, bu uyda otamning birinchi oilasidagi farzandlarini haqqi bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Otaning vafotidan keyin undan tug‘ilganlarning hammasi merosdan haqdor bo‘ladi. Sizlarning holatingizda hammani rozi qilib, hozir, tiriklik chog‘ida uyni sizga sovg‘a qilsa, bo‘ladi.

26 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar