Kuyov tanlash

Assalomu alaykum! Meni yoshim 22da. Uydagilar meni bir insonga uzatishmoqchi lekin u inson benamoz, ro‘za tutishi xam noma’lum ekan. Men ota onani farzandlari oldidagi burchi unga solix yo solixa ota yo ona tanlashdan boshlanadi deb o‘qiganman. Islomiy oila qurishni katta maqsad qilgandim. Lekin uydilarim yoshim o‘tib ketyapkanini ro‘kach qilib "insofga kirib qolar balki bunga sababchi bo‘lib qolarsan" deb benamoz insonga uzatishmoqchi. Iltimos maslaxat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Yaxshi insonga aylanishiga umidvorlik bo‘lsa, turmushga chiqishni kechiktirmaslik yaxshi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 197 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar