Mahramlar haqida ma’lumot
Assalomu alaykum! Mahram haqida ma’lumot bersangizlar, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! NIKOHI HAROM BO‘LGAN AYoLLAR Alloh taolo turli sabab va hikmatlarga ko‘ra har bir erkakka bir necha toifa ayollarning nikohini harom qilgan. Erkak kishi ularga uylanishi mumkin emas, bunday qilish harom hisoblanadi. Kim bu ishni qilsa, gunohkori azim bo‘ladi. Mazkur gunohga botib qolmaslik uchun har bir musulmon shaxs ushbu masalani yaxshilab tushunib olmog‘i kerak.
«Muxtasari Viqoya»ning sohibi bu masalani quyidagicha bayon qiladilar.
Quyidagilar harom bo‘ladi: asli, far’i, yaqin aslining far’i, uzoq aslining sulbidan bo‘lgan qizi, xotinining onasi va jinsiy yaqinlik qilgan xotinining qizi, aslining va far’ining xotini.
1. Asli, ya’ni onasi, momolari: otasining onasi va onasining onasi va hokazo.
2. Far’i, ya’ni qizi, farzandlarining qizlari, ya’ni qiz nabiralari.
3. Yaqin aslining far’i, ya’ni ota va onasidan tarqalganlar – opa-singillari.
4. Uzoq aslining sulbidan bo‘lgan qizi, ya’ni bobo va momolarining qizlari – amma va xolalari.
5. Xotinining onasi, u xotin bilan qovushganmi, yo‘qmi, baribir.
6. Jinsiy yaqinlik qilgan xotinining boshqa eridan bo‘lgan qizi. Agar bir xotinni nikohiga olgan, ammo unga yaqinlik qilmagan bo‘lsa, undan ajrab, mazkura ayolning boshqa eridan bo‘lgan qiziga uylansa bo‘ladi.
7. Aslining va far’ining xotini, ya’ni otasining va o‘g‘lining xotini.
Ushbu toifadagi ayollarning nikohi haromligiga oyati karimalardan va hadisi shariflardan bir qancha dalillar bor: حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَاتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ وَعَمَّاتُكُمْ وَخَالاَتُكُمْ وَبَنَاتُ الأَخِ وَبَنَاتُ الأُخْتِ وَأُمَّهَاتُكُمُ اللاَّتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُم مِّنَ الرَّضَاعَةِ وَأُمَّهَاتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَائِبُكُمُ اللاَّتِي فِي حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ اللاَّتِي دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُواْ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلاَئِلُ أَبْنَائِكُمُ الَّذِينَ مِنْ أَصْلاَبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُواْ بَيْنَ الأُخْتَيْنِ إَلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ النِّسَاء إِلاَّ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ كِتَابَ اللّهِ عَلَيْكُمْ Alloh taolo:
«Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari – agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, sizga gunoh yo‘q – va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari hamda opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Qo‘lingizga mulk bo‘lganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir», degan (Niso surasi, 23-24-oyatlar).
Islom shariati musulmon erkaklarga uylanishni harom qilgan toifalardan ba’zilari ushbu oyatda bayon qilingan.
Islom shariatida ulkan hikmatlarni e’tiborga olib, nasab aloqasi, emikdoshlik aloqasi va qudachilik aloqasi tufayli ma’lum toifa ayollarning nikohi ma’lum toifa erkaklarga harom qilingan. Buni alohida-alohida o‘rganib chiqaylik:
Nasab aloqasi tufayli nikohi harom bo‘lgan ayollar:
«Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari...» harom qilindi.
1. Nikohi harom qilingan ayollar toifasi oyati karimada «onalar»dan boshlangan.
Bu narsa nasab jihatidan asl bo‘lganlarning nikohi haromligiga ishoradir. Ya’ni erkak kishining o‘z onasiga, ota-onasining onalariga nikohlanishi haromdir.
2. Keyingi toifa «qizlaringiz»dir.
Bunga kishining o‘zidan tarqagan zurriyotlari, jumladan, nabira qizlari va ulardan keyingi tabaqalar ham kiradi.
3. «Opa-singillaringiz...»
Tug‘ishgan bo‘lsa ham, ota bir, ona boshqa yoki ona bir, ota boshqa bo‘lsa ham, opa-singillarning nikohlari haromdir.
4. «Ammalaringiz va xolalaringiz...»
Bular bilan ham nasab aloqalari bo‘lib, bu odamlar ham yuqorida zikr qilingan toifalarga o‘xshashdir. Amma-xolalar, odatda, onaning o‘rniga o‘tadigan, ota va ona tarafning vakillari hisoblanadi. Ular bilan nikohda bo‘lish sog‘lik, axloq-odob va qarindoshlik jihatlaridan katta zararlar keltiradi.
5. «Aka-ukalaringizning qizlari va opa-singillaringizning qizlari...»
Bular ham nasab tomonidan aloqador bo‘lib, avvalgi zikr qilingan va yana Alloh taoloning O‘zi biladigan boshqa hikmatlar sababli nikohlari harom qilingan.
Qudachilik asosida nikohi harom qilingan ayollar:
«...xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari (harom qilindi) – agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, sizga (qizlariga uylanishingizda) gunoh yo‘q – va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari hamda opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi. Magar, avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir».
1. «Xotinlaringizning onalari...»
Qaynonalar va katta qaynonalarga (qaynota tarafdan bo‘lsa ham, qaynona tarafdan bo‘lsa ham) uylanish kuyov uchun harom. Bular qudachilik aloqalari tufayli nikohi harom bo‘lgan ayollar toifasiga kiradilar.
2. «O‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari...»
Shariat hukmi bo‘yicha, erkak va ayol rozi bo‘lib, nikoh aqdi o‘tishi bilan er-xotinga aylanadilar. Birga er-xotinlik qilib yashasalar, arab tilida «duxul bo‘ldi», deyiladi. Ammo nikoh aqdidan so‘ng birga yashamagan hollari ham bo‘lishi mumkin. Bu ikki holatning o‘ziga xos hukmlari bor. Ushbu holatlarni biz tarjimada «qovushgan» yoki «qovushmagan» deb zikr qildik.
Ana o‘sha holatlarga tegishli hukmlardan biri nikohi harom bo‘lgan ayollar masalasida ham kelmoqda. Ya’ni bir odam ayol kishi bilan aqdi nikohni o‘tkazgan bo‘lsa va «duxul» qilgan, ya’ni qovushgan ham bo‘lsa, o‘sha xotinning avvalgi eridan bo‘lgan qizi bu erkakka harom bo‘ladi.
Ammo yuqoridagi shartga ko‘ra, aqdi nikoh bo‘lgan-u, hali duxul bo‘lmagan ayol bilan ajrashsa, uning qiziga uylansa bo‘ladi.
3. «Va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari...»
Ya’ni kelinlar. Bu erda «pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringiz» deb qayd qilish bilan birga, tutingan o‘g‘illar bu hukmga kirmasligi ayon bo‘lmoqda. Kelinlarga uylanishni man qilishda axloqiy, insoniy e’tiborlar bilan birga, xuddi yuqoridagi holatlarga o‘xshab, qarindoshlik aloqalarini ehtiyotlash hikmati ham bor.
4. Otalarning xotinlari.
Alloh taolo: وَلاَ تَنكِحُواْ مَا نَكَحَ آبَاؤُكُم مِّنَ النِّسَاء إِلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَمَقْتًا وَسَاء سَبِيلاً «Otalaringiz o‘z nikohlariga olgan ayollarni nikohingizga olmang! Avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, u fahsh ish, jirkanch va juda ham yomon yo‘ldir!» degan (Niso surasi, 22-oyat). عَنِ الْبَرَاءِ بْنِ عَازِبٍ، قَالَ مَرَّ بِي عَمِّي الْحَارِثُ بْنُ عَمْرٍو، وَمَعَهُ لِوَاءٌ، قَدْ عَقَدَهُ لَهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقُلْتُ لَهُ أَيْ عَمِّ، أَيْنَ بَعَثَكَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ قَالَ بَعَثَنِي إِلَى رَجُلٍ تَزَوَّجَ امْرَأَةَ أَبِيهِ، فَأَمَرَنِي أَنْ أَضْرِبَ عُنُقَهُ رَوَاهُ أَحْمَدُ Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Amakim Horis ibn Amr Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam bergan bayroqni ko‘tarib, oldimdan o‘tib qoldi. Undan:
«Ha, amaki, Nabiy alayhissalom sizni qayoqqa yubordilar?» deb so‘radim. U kishi:
«Otasining xotiniga uylangan kishiga yubordilar, uning kallasini olishni buyurdilar», dedi».
Imom Ahmad rivoyat qilgan.
Mazkur toifalarning nikohi abadiy haromdir.
Shularning hammasi emikdoshlik orqali bo‘lganda ham.
Emizish tufayli nikohi harom bo‘lgan ayollar:
«...emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz...»ning nikohi harom qilindi.
Bu jumlada emish orqali nikohi harom bo‘lgan ayollar zikr qilinmoqda. Oyati karimada faqat ikki toifa – emish tufayli aslga aylangan, ya’ni ona bo‘lganlar va ularning shoxobchalari bo‘lmish emikdosh opa-singillargina zikr qilinmoqda. Ya’ni nasab jihatidan qaysi toifadagi ayollarning nikohi harom bo‘lsa, emish tufayli ham o‘sha toifalarning nikohi harom bo‘ladi.
Bunday hukmlar ostiga kiradigan emish shuki, ikki yoshdan kichik bo‘lgan go‘dakning onasidan boshqa sutli ayolni emishidir. Ana o‘shanda u ayol bolaning onasiga, ayolning eri esa otasiga, bolalari aka-ukasi va opa-singillariga aylanadilar. Shuningdek, boshqa qarindoshlar ham emgan bolaga xesh bo‘ladilar. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ يَحْرُمُ مِنَ الرَّضَاعَةِ مَا يَحْرُمُ مِنَ الْوِلَادَةِ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Tug‘ilish tufayli harom bo‘lganlar emizish tufayli ham harom bo‘ladi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Tug‘ishganlik, ya’ni nasab aloqasi bo‘yicha qaysi toifa ayollarning nikohi harom bo‘lsa, emizish orqali, ya’ni birovning bolasini begona ayol emizishi tufayli sodir bo‘ladigan emikdoshlik yaqinligi tufayli ham o‘sha toifa ayollarning nikohi harom bo‘ladi.
Misol uchun, tuqqan onasining nikohi harom bo‘lganidek, emizgan onasining nikohi ham harom bo‘ladi. Tug‘ishgan singlisining nikohi harom bo‘lganidek, emikdosh singlisining nikohi ham harom bo‘ladi va hokazo. وَرُغِّبَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فيِ نِكَاحِ بِنْتِ عَمِّهِ حَمْزَةَ، فَقَالَ إِنَّهَا لَا تَحِلُّ لِي، إِنَّهَا ابْنَةُ أَخِي مِنَ الرَّضَاعَةِ، وَيَحْرُمُ مِنَ الرَّضَاعَةِ مَا يَحْرُمُ مِنَ الرَّحِمِ رَوَاهُ الشَّيْخَانِ «Nabiy sollallohu alayhi vasallamga amakilari Hamzaning qizini nikohlab olish targ‘ib qilindi. Shunda u zot:
«U (qiz) menga halol bo‘lmaydi, chunki u emikdosh akamning qizidir. Qarindoshlik tufayli harom bo‘lganlar emikdoshlik tufayli ham harom bo‘ladilar», dedilar».
Ikki shayx rivoyat qilishgan.
Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam yoshliklarida o‘z amakilari Hamza roziyallohu anhuni emizgan ayolni emgan edilar. Ular bir-birlari bilan emikdosh aka-uka edilar. Shuning uchun ham Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hamza roziyallohu anhuning qizlariga uylanishdan bosh tortdilar. Bu ish xuddi nasabiy akaning qiziga uylanishdek harom ekanini bayon etdilar.
Shuningdek, o‘zi bilan zino qilgan, o‘zi ushlagan yoki uni ushlagan va ichki farjiga shahvat bilan nazar solingan ayolning far’i ham, asli ham harom bo‘ladi.
Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, men johiliyatda bir ayol bilan zino qilgan edim. Uning qiziga uylansam bo‘ladimi?» dedi. Ul zot: «Buni joiz deb bilmayman», dedilar.
«Al Foyatus Sam’oniya» nomli kitobda rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: مَنْ نَظَرَ إِلَى فَرْجِ امْرَأَة، لَمْ تَحِلَّ لَهُ أُمُّهَا وَلَا بِنْتُهَا أَخْرَجَهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ مِنْ حَدِيثِ أُمِّ هَانِئٍ مَرْفُوعًا «Kim bir ayolning farjiga shahvat bilan nazar solsa, unga o‘sha ayolning qizi ham, onasi ham harom bo‘ladi», deganlar.
Ibn Abu Shayba Ummu Hone’ning hadisidan marfu’ holda chiqargan.
To‘qqiz yoshdan kichik qizlar ishtaha tortadigan emas.
Bas, shu yoshdan kichik qizlarni ushlasa va ularga nazar solsa, avvalgi satrlarda o‘tgan hukmlar sobit bo‘lmaydi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:47 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush