Toqmi yo juftmi

, Hazrat, Tahajjud namozi haqida yozilgan, aytilgan kitob va ma‘ruzalarni titib chiqdik, internetdan ham qidirdik, ammo 2 xil hukm bo‘lib qolmoqda: 1. Qobil qori ma‘ruzasida uni toq rakat bilan tugatish;2. Ibodati Islomiyada 2,4,6 rakat o‘qish3. Internetda yozgan javobingizda 2 rakatdan 8 rakatgacha o‘qiladi debsiz. Hazrat, bizga shu haqida tushuncha bersangiz. Haqqim yo‘g‘u agar vaqtingiz bo‘lsa dalilini keltirib o‘tishingizni iltimos qilmoqchi edim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tushunchani beribman-ku! Yana nimaga so‘raysiz? Boshqa qavllarni o‘z egasidan so‘rang.

3 May 2022, 21:47 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar