Aqiqaga boqilgan qo‘y biroz og‘rib qoldi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qizim uchun aqiqa qilaman deb bir qo‘y boqayotgan edim. Aqiqa qilishimizga oz qolgandi, lekin negadur shu qo‘yimiz biroz og‘rib qoldi. Nima qilishni bilmayapmiz Aqiqaga so‘ysak bo‘larmikin? 2). Aqiqa qilingan hayvon go‘shtini qanchasini olib qolsa bo‘ladi? 3). Mehmon chaqirmasdan go‘shtni o‘zini qarindosh urug‘ qo‘ni qo‘shnilarga tarqatsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Xohlaganingizcha o‘zingizga olib qolishingiz mumkin. 3). Tarqatganingiz afzal. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:47 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar