Qiblaga yuzlanish
Assalomu alaykum! Qiblaga yuzlanish Assalomu alaykum! Kifoya kitobida namozning shartlari bo‘limida qibladan 45 gradusgacha o‘nga, 45 gradusgacha chapga yuzlanib namoz o‘qish joiz deyilgan. Namozga oid fatvolar kitobi 1 fatvo Izohida: "Hozirgi ilm-fan taraqqiy etgan davrda, falakiyot va jug‘rofiya ilmlari chuqur o‘rganilib kelinayotgan bizning asrimizda qadim zamondagi taxminiy ma’lumotlar bilan qanoatlanish ma’qul emasligini hisobga olib, hozirgi vaqtda qiblani faqat kompas va qiblani aniqlash asboblari yordamida topish tavsiya etiladi." Savol: ko‘p janozalarda ko‘chaga qarab qunga qarab taxminan qiblaga yuzlanishadi. Kompasga qarasam qibladan 50-70 gradusgacha o‘nga ya’ni 240 dan 285 oralig‘ida emas.Lekin hozirgi zamonda jamoaning ko‘pchiligini qo‘lida qiblani aniqlash asboblari bor.Nima qilish kerak, shu holatda janoza namozi o‘qish joizmi,? oldin o‘qilgan yani hozirgi kunlarda etiborsizoikdan qiblani chegariga teskari o‘qilgan janozalarning hukmi qanday bo‘ladi.?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi jihozlardagi kompaslar ham xato ko‘rsatayotganini ko‘rib to‘ribmiz, shuning bu borada fatvo va hukmga amal qilaverish kerak. 45 gradusdan kamda bo‘lsa va namoz o‘qilsa, durust bo‘ladi. Imkon bo‘lsa, to‘g‘risini topsin. Bo‘lmasa, qibla tarafga yuzlansa kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 06:33 | Savol-javoblar | 227 | Namoz