Yomon ilm xam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, xozirda institut talabasiman va bizga statiska fani, yani bo‘lib o‘tgan xodisalarga qarab yoki ularning bo‘lish extimoliga qarab kelajakni bashorat qilishni o‘rgatishmoqda. Men bu narsaning xalol xaromligi xaqida tortishib qoldim. Buni xarom deb xisoblashim qanchalik to‘g‘ri? Iltimos telegram kanalingizda xam javobingizni ulashing. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu g‘aybni aytishga emas, balki tajriba va hisob kitoblarga suyanib tahmin qilish xolos. Aslida tarix ilmidan ko‘zlangan maqsad ham moziydan ibrat olib kelajakka reja tuzish bo‘ladi. Albatta qat’iy “shunday bo‘ladi” deyish noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:50 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar