Rasululohni tushda kurish

Assalomu alaykum! Men bugun eng katta orularimdan biriga erishtim Rasulimiz alayhisalomni tushimda kurdim u kishini yoshlik bolalik vaqtlari tushimga kiripti savolim shundan iboratki kim rasululoh s.a.vni tushida kursa 12marta quroni karimni xatim qilganday savobini oladi va undan qabr azobi kutariladi deb eshtganman shu to‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallamni tushda ko‘rish bu xayrning belgisi. Bu haqida hadisi sharifda shunday deyiladi:عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: تَسَمَّوْا بِاسْمِي وَلَا تَكْتَنُوا بِكُنْيَتِي، وَمَنْ رَآنِي فِي الْمَنَامِ فَقَدْ رَآنِي، فَإِنَّ الشَّيْطَانَ لَا يَتَمَثَّلُ فِي صُورَتِي، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ismim bilan nomlanavering, kunyam bilan kunyalanmang.* Kim meni tushida ko‘rsa, aniq meni ko‘ribdi, chunki shayton mening qiyofamga kira olmaydi. Kim menga nisbatan qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdan joyini olaversin!» dedilar».
* Kunya – kishining o‘z farzandiga nisbat berilgan holda olgan nomi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kunyalari Abul Qosim (Qosimning otasi) bo‘lgan.
 Lekin siz aytgan xatm va qabr azobi haqida shariatimizda gap yo‘q. Shuningdek tush ko‘rgan kishi tushiga suyanib qolmasligi, balki shariat va Rasulolloh sollalohu alayhi vasallamning sunnatlariga yanayam ergashishga harakat qilishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 164 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar