Vafot etgan kishi uchun xayit o‘tkazish

Assalomu alaykum! Yaqinda qaynonamni berib qo‘ydik, 4-kuniga uyimizda ayollarga mavlud o‘qitdik. 40 kun mayyit yuvilgan xonani chirog‘i o‘chmasin, bu xonada uxlash mumkin emas deb aytishdi, Buni sababi bormi? InshaAlloh, ramazon oyidan so‘ng xayit keladi, xayitda qaynag‘alarim va turmush urtogim "3 kun bel bog‘lab uyning yonida o‘tiramiz" deyishlari to‘g‘rmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘sha o‘chmasin deganlar noshar’iy ishga buyurganlar hisoblanadi. Chunki o‘shancha muddat keraksiz chiroq yonib turishi shariatimizda isrof hisoblanadi. Isrof esa oyat karimalar orqali harom deyilgan. Isrofni ham turi ko‘p, qanday bo‘lganda ham barchasi harom. Eskilarni “chirog‘i o‘chmasin” degani ortidan qabriga nur bo‘luvchi duoi xayr va tilovati Qur’on, sadaqot va ehsonlar qilib tursin degan ma’noda bo‘lgan. Fahmlashda aqllari kaltalik qilganlar ma’noni moddiyatga burib qo‘yishgan. Islomda hayitlarda bunday qilish qoralangan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:51 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar