Baho qo‘yish

Assalomu alaykum! Men Universititetda matematikadan dars beraman. Talabalarim umuman matematikani(aslida kirish imtihonlarida matematika asosiy fan) bilishmaydi. O‘z bilimlari bilan Universititetga kirishmagan(o‘zlari ham tan olishdi). Afsuski Universititetning 90% talabalari o‘z bilimlari bilan kirishmagan. Ularga baho qo‘yishga majburman. Vijdonim qiynalmoqda(o‘qituvchi bo‘lganimdan afsuslanmoqdaman)
1) Bu ishim qanchalar gunoh?
2) U joyda ishlaganim uchun olgan oyliklarim harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ishga o‘z vaqtida borib, rejadagi darslarni bersangiz olgan maoshingiz halol. Qo‘yayotgan baholaringiz haqida hech narsa deya olmaymiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 163 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar