Do‘stim bilan baxslashib qoldim
Assalamu alaykum! Bir joyda nomahram ayol xushbo‘ylik sepib ko‘chaga chiqsa va uning hidi begona erkaklarning dimog‘iga kirsa, u ayol to‘liq g‘usl qilmagunicha namozi qabul bo‘lmasligi haqida hukm o‘qigandim. Mening do‘stim esa bu vaziyatda to‘liq g‘usl qilish ushbu nomahram ayolning hushbo‘yligi dimog‘iga kirgan erkaklarga ham vojib bo‘ladi va to‘liq g‘usl qilmaguniga qadar namozi qabul bo‘lmaydi degan fikrni qat’iy ravishda aytmoqda. Bu juda muhim, sababi namozlarimiz qabul bo‘lishiga shubha uyg‘ongan shu masala yuzasidan. Bu holatda qay birimizning fikrimiz shariatga muvofiq keladi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Nomahram ayol xushbo‘ylik sepib ko‘chaga chiqsa zino qilgan darajada gunohkor bo‘ladi. Ammo bu bilan unga ham hidlaganga ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. Hididan ta’sirlanib ehtilom bo‘lsa g‘usl vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:51 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar