Dadam bilan kelishuvimiz

Assalomu alaykum! Dadam chet eldan zapchast olib keladilar, men dadam bilan ishlayman. Men dadam bilan shunday kelishkanmanki, dadam menga zapchastlarni narxini beradilar, men bu narxlarni ustiga o‘z foydamni qo‘yib o‘z klientlarimga sotaman. Dadam menga oylik ham bermaydilar, menga foyda ham chiqarib bermaydilar. Meni shu qilayotgan ishim shariatga muofiq keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizdan nasiyaga sotib olib, xohlagan narxingizga sotishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 15:43 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar