Zakot berishdan oldin katta harajat qilinsa

Assalomu alaykum! O‘tgan yili Allohga shukr Ramazon oxirlarida zakot bergandim
Bu yil ham zakot berishim kerak. Lekin shu kunlarda uy olish niyatidaman.
1. Agar shu yil Ramazon oyida uy olsam pulimning oz lekin nisobga etadigan qismi qolsa zakot hisoblashda qaysi miqdorga qaraladi? Uy olgunimcha bo‘lgan summagami yoki keyin qolgan qismigami?
2. Agar uyni qimmatroqga olsam biroz qarz olishimga to‘g‘ri keladi. Qo‘limda turgan uyga atalgan puldan tashqari tijoratda ham dastmoyam bor. U dastmoyani olib ishlatolmayman, qarz olib turishimga to‘gri keladi. O‘sha dastmoyaning to‘liq qismidan zakot chiqaramanmi yoki qarzimni ayirib tashlab keyin hisoblaymanmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Qo‘lida qolgan boridan zakot chiqaradi. 2). Agar hozirgacha uy olinib, qarzlar bo‘lgan bo‘lsa, bu qarz ham chiqarib yuboriladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 21:35 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar