Ayollar mahri
Assalomu alaykum! Men oliy o‘quv yurtini tamomlaganman, lekin ho‘jayinim ishlashimga ruhsat bermadilar. Xo‘p deb rozi bo‘ldim, bundan nolimiman. Bir saytta Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayollarga qarata ko‘p ehson, sadaqa beringlar chunki do‘zah ahlining ko‘p qismi ayollardan iborat ekanligini aytganini o‘qib qoldim. Savolim shuki men ishlamayman, farzandlarim tarbiyasi bilan ho‘jayinimni issiq sovug‘iga qarab o‘tiraman, ho‘p men qaysi mulkimdan ehson sadaqa qilaman? Er ayoli uchun o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun ajratgan shar’iy belgilangan nafaqasi bormi yoki men pul topishim shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Fuqaholar ayol kishi ham sadaqa qilishi uchun, yaqinlari bilan silai rahm qilishi uchun er holatidan kelib chiqib ayoliga mablag‘ ajratib turishini tavsiya qilganlar. Aslida ayol kishining uy ichida qilgan har bir ishlari savobdir. Hatto nojo‘ya tushib qolgan cho‘pni olib qo‘yishi ham. Kir yuvishi, taom pishirishi, bolalarga qarashi, uyni pokiza tutish uchun qilgan barcha harakatlari ham ibodat hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:59 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush