Qayta yashash

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, qilayotgan mehnatlaringizga Alloh ajru savob bersin. Sizlardan bir birodarimizni o‘ylantirayotgan masalaga echim izlab maslahat so‘rayabman. Bundan bir necha yil avval do‘stim oilasida nizo chiqib, kelin eridan javobini berishini so‘ragan va u unga javob degan. Ma’lum muddatdan so‘ng ular yarashib yana kubba o‘qitib yashashni davom etishdi. Mana yaqin kunlarda oilada nizo chiqib, kelin yana javobini so‘radi va unga javobini berdi. Ikkala vaziyatda ham taloq so‘zi ishlatilmagan. Endi ular qaytadan yarashib yashashlari joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida erkak bilan ayol birga yashashlari uchun "kubba" emas "nikoh" o‘qitiladi. Javobingi berdim deyishi bilan taloq tushadi. Agar bu avvalgisi bilan qo‘shsa ikkinchi bor bo‘lsa, oraga ikkita taloq tushgan bo‘ladi. Bu holatda yashasa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:16 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar