Ba’zi mulohazalar va taklif

Assalomu alaykum aziz ustozlar! Ba’zi savol va mulohazalar bilan sizlarga murojaat qilyapman! 1. Masjidlarda ba’zi namozxonlar kirgan zahoti yoki masjid o‘rtasida hech qanday mulohazasiz sutra qoo‘may namoz o‘qiyotgan bo‘lishadi [men imkon qadar ularning oldiga sutra qo‘yib qo‘yaman]. Ko‘pchilik, afsuski aynan ko‘pchilik ularning oldidan kesib o‘tib ketaveradi. Vaholanki, bu katta gunoh! Bu hol ayniqsa, peshin namozi paytida achinarli tus oladi. Sunnatni biroz kechikib boshlaganlarning aksarining oldi iqomat aytila boshlagach ochilib qoladi va o‘nlab odamlar ularning oldini kesib o‘tadi. Ba’zilar shunday noqulay joylashganki, avvalgi saflarni to‘ldirish uchun o‘ta olishingiz qiyin bo‘ladi. Buyoqda oldingi saf to‘lmaganini ko‘rib turib keyingi safda namoz boshlay olmaysiz. 2. Masjidda janoza namoziga saflanayotganimizdagi holatni ko‘rib afsuslanib ketaman. Buxoriylar avlodiman deb ko‘kragiga urayotgan xalqimizni to‘g‘ri saflash uchun imom domlalarimiz besh daqiqacha ovora bo‘lishadi. Na bu jamoat biladigandan so‘rab safga turishni biladi. Shularni oo‘lab siz ustozlarga bir taklifim bor edi: masjidlarimizning ko‘rinarli joylarida katta qilib jamoat namozi odobi, sutra qoo‘ish, sajda qilinadigan joyni imkon qadar bosmaslik, safni to‘g‘ri olish kabi masalalar yoritilgan foster[plakat] lar qoo‘ilsa, tahoratxonalarga esa tahorat tartibi va ba’zi hukmlari yozilsa qanday bo‘larkin? Harholda men “Minor”, “Mirza-Yusuf” kabi masjidlarda bunday qo‘llanma ko‘rmadim. Yoki, imom-domlalarimiz jumá ma’ruzasida 3-4 daqiqa shu mavzuda ma’lumot bersalar yaxshiroqmidi? Shu o‘rinda mayda-chuydalar bilan o‘ralashib qolmadimmikin degan o‘y paydo bo‘lib ham qoladi o‘zimda. Muhtaram ustozlar agar shu oo‘im to‘g‘ri bo‘lsa, iltimos ogoh qilinglar! Sizu-bizdan Alloh rozi bo‘lsin! Omin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! To‘g‘ri mulohaza qilgansiz. Aslida imom domlalarning ishlari ham o‘qituvchilarning ishlaridan kam bo‘lmasa kerak. shunday bo‘lsada, bu kabi masalalar doimiy ravishda namozxonlar quloqlari ostida takrorlanib turish kerak. Chunki masjid ichi imomlarning mehnat qilish joyi hisoblanadi. Saflarni to‘g‘riligi, azon, takbir barchasi ularning vazifasi hisoblanadi. Buning echimi bu masalani takror-takror aytib turishdan boshqa narsa emas. Islomda mayda degan narsa yo‘q. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu kabi ishlar qanchalik muhim ekanligini bayon qilib: سَمِعْتُ النُّعْمَانَ بْنَ بَشِيرٍ يَقُولُ: قَالَ النَّبِيُّ  : لَتُسَوُّنَّ صُفُوفَكُمْ أَوْ لَيُخَالِفَنَّ اللهُ بَيْنَ وُجُوهِكُمْ  No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhu aytadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yo saflaringizni tekislaysizlar, yoki Alloh yuzlaringizni bir-biringizdan burib qo‘yadi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:00 | Savol-javoblar | 177 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar