Onlayn o‘tkazmasi uchun xizmat haqqi olish hukmi

Assalomu alaykum! Ma’lumki, diyorimizda onlayn o‘tkazmalar faollashib boryapdi. Kartadan kartaga, kartadan tovar-xizmatlarga to‘lov qilish kundalik extiyojga aylanib ulgurgan. Savolim shuki, onlayn o‘tkazmalar, hususan kartadan kartaga, kartadan xizmatlarga, mahsulotlarga onlayn pul o‘tkazish bilan shug‘ullansa va ma’lum miqdorda xizmat haqqi foizini mijozni ogohlantirib olib qolsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mijozingizning naqd pulini uning kartasiga tashlab berish va buning aksi evaziga haq olishingiz joiz emas. Chunki bu pulni pulga almashtirish bo‘lib, undagi ziyodalik ribodir. Turli xizmatlar va mahsulotlarga onlayn to‘lov qilib berish evaziga haq olishingiz joiz. Vallohu a’lam!

10 Oktabr 2023, 00:21 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar