Mahram hisoblanadimi?
Assalomu alaykum! Yaqin insonimning otasi birinchi turmushi buzilgach ikkinchi turmush qilgan va birinchi ayolining farzandlariga, ikkinchi ayolining sutini piyolada ichirgan. Shu holatda qarindoshlik aloqalari bog‘lanadimi? Ya’ni birinchi ayolining farzandlari ikkinchi ayolini sutini piyoladan ichgani uchun mahrami hisoblanadimi? Shu holatda shariatimizning hukmi qanday? Javobingiz uchun avvaldan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! U bolalarga ikkinchi ayol otasining xotini jihatidan mahram hisoblanadi. وَلاَ تَنكِحُواْ مَا نَكَحَ آبَاؤُكُم مِّنَ النِّسَاء إِلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَمَقْتًا وَسَاء سَبِيلاً 22. Otalaringiz o‘z nikohlariga olgan ayollarni nikohingizga olmang! Avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, u fahsh ish, jirkanch va juda ham yomon yo‘ldir!
Sut ichganda mahram bo‘lishi uchun emuvchi melodiy yil bilan 20 kuni kam ikki yoshda bo‘lishi kerak. undan katta yoshda bo‘lgan bola emsa emikdoshlik sobit bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:04 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar