O‘rtakash foydani 3/1 ga sherikmi
Assalomu alaykum! Sherikchilik asosidagi savdomiz yuzasidan bir savolimiz bor edi. Bir birodar bilan savdo qilishga kelishgandik, men sarmoyamni kiritib chetdan molni etkazib beradigan u esa sotadigan va foydani ikkiga bo‘ladigan bo‘ldik. Shunda u birodar uning yaqin omonatdor yana bir do‘sti borligini va u ham qo‘shilib yaxshiroq sotishi mumkinligini aytdi. Men rozi bo‘ldim va foydani 3 ga bo‘ladigan bo‘ldik. Oradan vaqt o‘tgach ma’lum bo‘ldiki, molni faqat 3-qo‘shilgan odam sota olyotgan ekanlar, o‘rtadagi birodar esa mehnat ham qilmay, sarmoya ham kiritmay foydani uchdan birini olayotgan edilar. Orada men bu ishlari to‘g‘ri emasligini sarmoya yoki mehnat qilishlarini aytdim, lekin o‘rtadagi birodar meni molimni sotib bera oladigan odam topib bera olganlari uchun teng sherik bo‘la olishlarini aytyaptilar. Men savdoni to‘xtashimizni, 4 partiya jo‘natilgan moldan faqat 3 tasini foydasini rozi bo‘lib 3 ga bo‘lishimizni, ya’ni odam topib berganlari uchun shuncha olgan foydalarini bir marotabalik pul sifatida taklif qildim, lekin o‘rtadagi birodar meni boshidan shunga rozi bo‘lganimni va 4-partiyaga ham to‘liq sherikliklarini aytmoqdalar, mehnat ham sarmoya ham kiritmagan holda. - Ushbu holatda birodar meni va 3-odamni faqat uchrashtirib, o‘rtakashlik qilganlari uchun foydani 3/1 ga sherik bo‘lishi to‘g‘ri bo‘ladimi, agar shuni talab qilsalar qanday yo‘l tutishim ma’qul bo‘ladi? Agarda o‘rtakash tushunmasdan, rozi bo‘lmagan taqdirda o‘rtadagi odam sarmoya ham mehnat ham qilmayotgani sababli men 3-odam bilan o‘rtadagi odamga aytmagan holatda savdoni davom ettirsak ham to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Inson sarmoyaga haqdor bo‘lishi uchun pul tikish kerak yoki mehnat qilish kerak yoki nasyaga olinganda halokatga uchrasa to‘lashini zimmasiga olishi kerak. Bundan boshqa o‘rinda sherik sifatida foydaga haqdor bo‘lolmaydi. Dalolat qilgani uchun muayyan kelishilgan narxni olishi mumkin. Unda dallollik bo‘ladi. Qolganini bilmaymiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:04 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat