Shomdan oldin karz namozini ukish mumkinmi?
. Assalomu alaykum, mani opajonim, xam ustozim Odina opa! Kupgina savol va javoblarni ukib, rosa xursand bulaman, bilmaganlarimni urganib olishimga Allox sizni va otangiz Shayx xazratlarini sababchi kilayapti. Manga emas fakatgina barchaga albatta.Savolim esa kuyidagicha: Man 5 vakt namoz ukiyman Inshaalox, kunduzi ishda bulganligim sababli peshinni, goxida esa asrni vaktini xam kazo kilaman, shom vakti kirishiga sal kolganda ya’ni kuyosh botayotgan vaktida uyimga etib kelamanu, darxol taxorat olib namoz ukiy boshlardim. Lekin eshitdimki, asr va shom vaktini urtasida ya’ni kuyosh botayotgan vakti umuman namoz ukish mumkin emasligini aytishdi. Boshka insondan suraganimda asrni kazosini shom kirish vaktida xam ukish mumkinligini aytishdi. Vaaloxu a’lam. Buni sizdan surash niyati bilan murojaat kildim, uzingiz tugri yul kursating manga, ishdan kelibok karzlarimni ado kilsam buladimi yoki shomni kirishini kutib ketidan karz namozlarimni ukishim joizmi. Agar savolim nourin bulsa, uzr surayman. Allox barchamizni gunoxlarimizni kechirsin va tugri yuldan adashtirmasin. Amin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
va alaykum assalombu erda bir nechta masala aralashib ketibdi.avvalam bor namozni qazo qilib bo‘lmaydi. hamma namozni o‘z vaqtida o‘qish kerak. asr bilan shom o‘rtasida namoz o‘qib bo‘lmaydi deb nafl namoz nazarda tutilgan. agar asr kechikib qolgan bo‘lsa, shom vaqti kirgunicha o‘qib olsa bo‘ladi. Vallohu a’lam
29 Aprel 2022, 12:41 | Savol-javoblar | 169 | Ayollarga oid masalalar