Soch sotib oluvchilar
Assalomu alaykum! Ilmingiz ziyoda bolsin! Uyimizga soch sotib oladiganlar kelib turardi. Lekin onam ularni doim qaytarib yuborardilar. Bir kuni ayolim soch oladiganlar kelganida sochini bitta tog‘orachaga almashib yuboribdi. Albatta u, bu ish yaxshi emasligini bilmagan. Savolim shuki: shu (idish) tog‘orani ishlatish joizmi yoki tashlab yuboraylikmi? 2). Soch olib yoki sotganlarni xukmi qanday bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Harom narsaning evaziga kelgan narsa ham haromdan topilgan narsaning ham hukmi avvalo o‘z egasiga qaytarib berish iloji bo‘lmasa faqir miskinlarga sadaqa qilib yuborishdir. Masalan kimdir pora olgan bo‘lsa bergan odamga qaytarib berishi shart.
2). Ba’zi ayollar o‘zlarini chiroyli ko‘rsatish uchun o‘zga ayollar sochlarini ulab oladilar. Bunday qilish shari’atimizda gunohi kabira sanaladi. حَدَّثَنَا هِشَامٌ، أَنَّهُ سَمِعَ فَاطِمَةَ بِنْتَ الْمُنْذِرِ تَقُولُ: سَمِعْتُ أَسْمَاءَ قَالَتْ: سَأَلَتِ امْرَأَةٌ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ ابْنَتِي أَصَابَتْهَا الْحَصْبَةُ، فَامَّرَقَ شَعَرُهَا، وَإِنِّي زَوَّجْتُهَا، أَفَأَصِلُ فِيهِ؟ فَقَالَ: لَعَنَ اللهُ الْوَاصِلَةَ وَالْمَوْصُولَةَ Asmo dedi:
«Bir ayol Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Ey Allohning Rasuli, qizimga qizamiq toshib, sochlari to‘kilib ketdi. Albatta, men uni erga bergan edim, unga soch ulaveraymi?» dedi. Shunda u zot: «Alloh ulama qiluvchi ayolni ham, ulama qildiruvchi ayolni ham la’natlasin» dedilar».
Shari’atda man qilinishi hamda la’natga sabab bo‘lishining ikki vajhi.
1. O‘zgalarga o‘zini yosh va chiroyli qilib ko‘rsatib aldash. Ko‘pincha yigitlar uylanganlaridan keyin to‘ydan oldin uchrashuvga chiqqan qiz shumikan yoki boshqasimikan deb o‘ylab qoladilar.
2. Shar’an begona erkakka begona ayolning sochini ko‘rish, ayol kishiga esa, sochini ko‘rsatish harom sanaladi
Xozirgi kunga kelib o‘zgalar sochini o‘z sochiga ulab olish urfga kirib qoldi. Bu narsa o‘z-o‘zidan uning savdosini ham rivojlantirdi. Ba’zi bir ayollar uyma-uy yurib ayollarning tarashda to‘kilgan sochlarini to‘plab sotadigan hollarga guvoh bo‘linmoqda. Ko‘milib ketgandan ko‘ra pul deydiganlar ham topilmoqda. Shariatimizda odam a’zolarining savdosidan qattiq qaytarilgan. Agarchi u o‘lik tana yoki kesib olingan soch yoki tirnoq bo‘lsa ham. Odam a’zosi qanday holda bo‘lmasin uning savdosi haromdir. Shu o‘rinda bozorlarda keng ko‘lamda sotilayotgan "parik"larning hukmi ham nima bo‘lishi haqida ham savol kelib chiqadi. Agar parik odam sochidan tayorlangan bo‘lsa, (ba’zilari shunday ham ekan) uni taqish yuqorida aytib o‘tganimizdek harom sanaladi. Agarchi bemorlik yoki biror sababdan sochi to‘kilgan bo‘lsa ham. Agar sun’iy narsalardan yoki hayvonlar yungi yoki junlaridan bo‘lsa, ulamolar bunga ruxsat bergan. Albatta, to‘ydan oldin kuyovga chiroyli ko‘rinish uchun bo‘lsa, joiz emas.
Raddul muxtor sohibi Ibn Obidin ( inson sochi) so‘zining davomida "Inson sochidan foydalanish umuman joiz emas. Bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning: «Alloh ulama qiluvchi ayolni ham, ulama qildiruvchi ayolni ham la’natlasin» degan hadislariga binoandir. Ayollar sochlarining o‘rimlarini ziyoda qilishi uchun tuyaning yungidan ulab olsalar joiz" degan. Shunga binoan odam sochidan boshqa narsalardan tayorlangan sochga taqilanadigan narsalarning istemoli ham savdosi ham joizdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar