Kassadagi qaytimlar
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar savolim shundan iboratki man bank kassasida ishlayman. Bizda deyarli xamma to‘lovlarning qoldiq so‘m va tiynlari bor. Ushbu qoldiqlarni mijozlar xam to‘liq bera olmaydi. Qog‘ozda ko‘rsatilgan summadan ko‘p olsam men xam qaytarib bera olmayman va qolib ketgan qoldiq pullar yig‘ilib qoladi. Men bu pullarni xarom deb o‘ylayman. Iltimos maslaxat beringlar yig‘ilib qolgan pullarni nima qilsam bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat Alloh ilmingizni ziyoda qilsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Biror kichik bo‘lsa ham e’loncha yozib qo‘yishingiz kerak. Ya’ni qaytim berishga imkon yo‘q qolayotgan haqqlaringizga rozi bo‘linglar. Mabodo kimnidir mayda tiyin haqlari qolib ketsa, biz ham uni o‘zimizga shaxsiy olib qolmaymiz - degan ma’noda. Agar shu narsa rozi bo‘lishadigan darajada odamlarni urfiga kirib qolsa, siz javobgar bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom