Chilla bormi?

Assalomu alaykum! Allohga shukur yaqinda nevaralik bo‘ldik, lekin kichik chillasi chiqmasdanoq onam o‘tib qoldila (Alloh rahmat qilsin), shunga chilla aralashadi deb kelinim bilan nevaramni qudamnikiga jo‘nattirishdi. Islomda chilla yo‘q deb eshitganman. Ta’ziya kunlari o‘tdi. Endi nevaramni olib kelsak bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chilla shariatimida yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 205 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar