Qoldirilgan namozni ado qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir tanishimning xo‘jayini olamdan 33 yoshida o‘tib qoldilar rosa yaxshi inson edi. Ko‘p yaxshiliklar va exsonlar qilganlar ammo namoz o‘qimaganlar. Shuning uchun shu o‘qimagan namozlari uchun ayollari nima namoz o‘qishlari kerak? Man eshitganman eri olamdan o‘tsa o‘zini besh maxal namozidan tashqari ikki rakat kafforat namoz o‘qisa u inson uchun shu kafforat namozlariga o‘tadimi? Shunga oydinlik kiritib bering? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Nafl namoz o‘qib savobini bag‘ishlasa joiz, lekin bu ham qoldirgan namozlaridan uzildi degani emas. O‘lgan insonni namozlarini faqat fidyasini berish bilan ado qilinadi. Ayoli, ota-onasi, aka-ukalari kim bo‘lsa ham o‘rniga namoz o‘qisa marhumning qoldirgan namozlarini o‘rnini bosmaydi. Bir kunlik ro‘zaning fidyasi miskinning bir kunlik - saharlik va iftorlikdagi taomi hisoblanadi. Bu, hanafiylar ijtihodiga ko‘ra, o‘rtacha hisobda, yarim so’ (1.632 gramm) bug‘doyga to‘g‘ri keladi. Fidya beruvchi hohlasa, buning qiymatini berishi ham mumkin. Bir vaqt namozning fidyasi ham shuncha. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:09 | Savol-javoblar | 148 | Namoz