Yolg‘on qasam kechirilmas gunohmi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, biz kabi ilmsizlarga berayotgan yordamlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Menga bir tashvishli muammoda yordamingizni ayamang, iltimos. Men 3941-savolni o‘qib qoldim va oldingidan ham ko‘proq tushkunlikka tushib boryapman. U erda yolg‘on qasam xaqida yozilgan, ya’ni g‘amus haqida. Men turmush qurmasimdan avval bo‘lajak turmush o‘rtog‘imga yolg‘on qasam ichganman (u insonni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib) o‘sha paytda ilmsizlik qilganman va bundan xozir judayam afsusdaman. Va vijdonim qiynalib turmush qurganimizdan keyin 2 yil o‘tib yolg‘onligini tan olib kechirim so‘raganman va u inson meni tushunib kechirganlar, Allohga behisob shukr. Bu voqeaga 8 yil bo‘ldi. Hozir 3 nafar farzandim bor va alhamdulillah baxtli insonlarning qatoridamiz. O‘shandan beri turmush o‘rtog‘imga yolg‘on gapirmaslikka harakat qilib kelyapman. Hozirgi kunda alhamdulillah 5 vaqt namozimni boshlaganimga 7 oy bo‘ldi, har kuni Sayyidul istig‘forni ertalab va kechqurun 3 martadan o‘qiyman va barcha gunohlarimni kechirilishini so‘rayman. Astag‘firullah o‘sha paytda oxiratim kuysin deb qasam ichib yuborganman. G‘amus gunohi kabiradir deyilgan, u kechirilmas gunoh deganimi va agar men qancha tavba va istig‘for qilsam xam foydasi bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qilsangiz albatta kechirilasiz. Buni Alloh taolo va’da qilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qilsangiz albatta kechirilasiz. Buni Alloh taolo va’da qilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar