Ko‘zi operatsiya bo‘lgan odam

Assalomu alaykum! Men yaqinda ko‘zimni operatsiya qildirdim, ko‘z yosh kanalim berkilib qolganligi sababli burun suyagini teshib operatsiya qilishdi va menga ma’lum kun davomida burunga suv tortmay turishni aytishdi. Shu xolatda g‘usl vojib bo‘lsa qanday yo‘l tutiladi? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! G‘usl qilinganida burunni achishguncha chuqur suv olish shart emas. Burunni yumshog‘igacha suv olinsa kifoya. Achishguncha suv olish mustahab xolos. Xalq orasida uni farz deb tushunib olishgan. Bu xatodir. Kaftga suv  olib, burunni kirish qimini namlab to‘kib yuborish ham kifoya qiladi. Agar bu ham mumkin bo‘lmasa, unda ustidan mash tortib qo‘yiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 165 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar