Ishlab tursam bo‘ladimi

Assalomu alaykum shayx hazratlari.Mani ishim xalolligida shubhalanib turubman. Mani ishim hisob-kitob bilan bog‘liq. Man bozorda bir odamni do‘kon, somsaxonalarni hisob kitobini qilib, pulini shu odamga topshiraman. Bularni hisob kitob qilayotganda halol mahsulotlar ichida haromini ham hisob kitobini qilishimga to‘g‘ri kevotti. Oylamizda faqat men ishlayman. Agar bu ishdan bo‘shay desam ota-onam -sen sotmayapsanku deyishdi. Boshqa ish topa olmayapman. Xalol ish topgunimcha ishlab tursam bo‘ladimi? Ustoz maslahat bering iltimos, qaerdan xalol ish topsam bo‘ladi? Hech bo‘masa duo qiln iltimos, tez kunda xalol ish topishim uchun. Javobiz uchun oldindan rahmat. Odobsizlik qilgan bo‘lsam uzur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Halol ish topib, o‘shanga o‘tib keting.

5 May 2022, 06:56 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar